Faollashtirilgan ko’mirning foydali 10 jihati

Aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkalari inson salomatligidagi qanday muammolarni hal qiladi?

Aktivlashtirilgan ko‘mir — inson organizmini tozalashda dunyodagi eng qadimiy va ommaviy uslublardan biridir. U ming yillar davomida sharq tabobatida, xususan xitoy tabobatida zaharlanishga qarshi vosita sifatida qo‘llanib kelgan. Bizning davrimizda esa, bu vosita alkogol va giyohvandlik moddalari bilan zaharlanishda birinchi yordam vositasi sifatida ishlatiladi.

Detoksifikasiya — aktivlashtirilgan ko‘mirning yolg‘iz shugina bo‘lmagan, bir qator xossalaridan eng asosiysidir.

Agar siz ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash, xolesterin miqdorini pasaytirish va hatto qartayishni sekinlashtirish uchun tabiiy vosita izlayotgan bo‘lsangiz — aktivlashtirilgan ko‘mir bu sohada mislsiz vositadir.

Aktivlashtirilgan ko‘mirning salomatlik uchun 10 xil foydali xossalari

Meteorizm va qorin dam bo‘lishidan foydali vosita

Qorin dam bo‘lishi hammada ham sodir bo‘lib turadi. Mutaxassislar fikricha, har bir kishi sutkasiga 14 marta damdan forig‘ bo‘lib turishi me’yoriy-tabiiy holat hisoblanadi. Lekin sizni meteorizm yoki og‘riqli qorin dam bo‘lishi bezovta qilayotgan bo‘lsa, bunda sizga aktivlashtirilgan ko‘mir yordam beradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ovqat iste’molidan oldin aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkalari iste’mol qilinganida, ichaklarda yig‘ilgan gazlar miqdori sezilarli ravishda qisqaradi.

Xolesterin miqdorini pasaytirish

Xolesterin miqdorining ko‘payishi yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqish ehtimolini ikki barobarga ko‘paytiradi.

Bir oy mobaynida 8 g miqdordagi aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkasidan uch mahal ichib yurgan kishilarda LDL-zararli xolesterin miqdori 41% ga pasayganini, va foydali HDL-xolesterin esa, 8 % ga ko‘payganini tadqiqotlar isbotladi.

Buyraklar salomatligini asrash

Har kuni inson buyraklari taxminan 115-140 litr qonni tozalab beradi, natijada chiqindi va ortiqcha suyuqliklardan iborat 1-2 litr peshob ajratib beradi. Jigar bilan birgalikda buyraklar Yaratganning tabiatdagi eng mukammal tozalab beruvchi tizimini tashkil etadi.

Lekin ovqatlanish davomida shakar, tuz, jonivorlar oqsili, yog‘lar va turli konservantlarni haddan tashqari suiste’mol qilish turli kasalliklar va buyrak faoliyatida etishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Aktivlashtirilgan ko‘mir peshob, boshqa zaharli va zararli suyuqliklarni organizmdan chiqarib yuborishi sababli, bu foydali tabiiy shifobaxsh vosita buyraklar salomatligini saqlashda beqiyos yordam beradi.

Ovqatlanishdan sodir bo‘lgan zaharlanishni tezda baotaraf qilish

Ovqatlanishdan sodir bo‘lgan zaharlanish holati kishilar o‘rtasida keng tarqalgan hodisa — faqat birgina AQSHda har yili kishilar o‘rtasida 48 mln zaharlanish holati qayd etiladi.

Ko‘ngil aynishdan, ich ketishidan, qorinda bo‘ladigan og‘riqdan, ovqatlanishdan bo‘ladigan zaharlanishdan so‘ng yo‘qotiladigan kunlardan himoyalanish usullaridan biri bu — mazkur noxush holatlar kuzatilganining dastlabki lahzalaridayoq aktivlashtirilgan ko‘mir tabletkalaridan iste’mol qilish. Aktivlashtirilgan ko‘mir iste’mol qilish ovqatlanishdan kuzatiladigan zaharlanishda ham tavsiya etiladi, chunki u toksin (zaharli) moddalarni bartaraf qiladi.

Terining mayin va yumshoq bo‘lish siri

Kir va yog‘ teridagi teshikchalarni bekitib qo‘yadi. Ular yuz terisiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, insonni qarimsiq qilib ko‘rsatadi, terini tozalash uchun ishlatiladigan zamonaviy vositalar esa, zararli kimyoviy moddalar bilan to‘yintirilgan.

Aktivlashtirilgan ko‘mir go‘yo magnit kabi teri teshikchalaridan kir va yog‘larni so‘rib oladi, terini toza, musaffo va yumshoq holga keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x