FANLAR AKADEMIYASI TIZMASI

FANLAR AKADEMIYASI TIZMASI — Gʻarbiy Pomirning shim. qismida (Tojikistonda) joylashgan togʻ tizmalaridan biri. Meridian yoʻnalishida PO km ga choʻzilgan. Eng baland choʻqqisi 7495 m (Somoniyon). Tizmada koʻplab choʻqqilar mavjud boʻlib, ulardan 24 tasi 6000 m dan baland. Suvayirgʻich qismi alp relyef shakliga ega, paleozoy davriga mansub choʻkindi, metamorfik va otqindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Yon bagʻirlari chuqur va tor vodiylar bilan kesilgan hamda abadiy qor va qurumlar b-n qoplangan. Abadiy krrlardan Pomirning yirik muzliklari (Fedchenko va uning koʻplab irmoklari — Bivachniy, Garmo, Geografiya jamiyati, Kichik Tanimas va b.) toʻyinadi. Ular soni 29 dan ortiq muzlik mavjud boʻlib, umumiy mayd. 1500 km2 dan ziyod. Fanlar Akademiyasi Tizmasida balandtogʻ glyatsial nival va subnival landshaftlar tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x