DO`STLARGA ULASHING:
Fami pop — Homiladorlikka qarshi vosita
Tarkibi :l?
1 ta tabletka 0,03 mg Levonogestrel saqlaydi.
Ta’sir qilishiga ko’ra:?
Homiladorlikka qarshi preparat.Ovulyatsiya jarayonini tormozlaydi.Bachadon bo»yni shilliq qavati funksiyasini kuchaytirib, spermatozoidning faol harakatlanishiga, kuchiga, ta’siriga to’sqinlik qiladi. Tuxum yo’lida hosil bo’lgan implantatni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Qo’llanilishi?
Homiladorlikka qarshi vosita .
Qo’llash usuli va dozasi.?
Ichga qabul qilinadi ( tabletka).
Preparatni qabul qilish orasi vaqti har 12 soatda.
Nojo’ya ta’siri?
— Qon bosimi oshib ketishi
— Bosh og’rig’i
— Emotsional noziklik
— Ko’ngil aynish, qayd qilish, qorin dam bo’lishi
— Metrorragiya (bachadondan qon kelishi ).
— Amenoreya ( 6 oy va undan kop hayz kelmaslik).
— Tuxumdon kistasi
— Teri toshmalari
— Soch to’kilishi
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar?
— Sut bezi rakida
— O’tkir jigar kasalligida
— Qon bosimi baland bo’lganda
— Tromblar, embollar bo’lsa
— Jinsiy va siydik ayirish sistemasidan aniq diagnostga ega bo’lmagan qon ketishlarda
— Qandli diabet kasalligi bor insonlar qabul qilishi mumkin emas
— Tomir patologiyasida
— Yurak ishemik kasalliklarida ( miokard infarkti, stenokardiya) da
— Homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas