FAMAGUSTA, Amoxostos — Kiprning jan. sharqiy qismidagi shahar va port. Aholisi 37,7 ming kishi (2001). Savdo markazi. Oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Dengizdan baliq ovlanadi. Arxeologiya yodgorliklari muzeyi bor. Shaharga mil. av. 3-a. da asos solingan va oʻsha davrda Arsinoya deb atalgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 14—16-a. larda qurilgan shahar devori, gotika cherkovi, saroylar saklangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые