FALANGA

FALANGA (yun. phalanx) — Yunonistonda ogʻir qurolli piyoda askar (goplit) larning jips safga tizilgan koʻp qatorli jangovar tartibi. Falangada askarlar orasidagi masofa 0,5—1 m ni tashkil etgan. Falanga, asosan, 8—16 (baʼzan 25) katordan iborat boʻlib, safda turgan 1000 jangchi 500—1000 m. gacha frontga choʻzilgan. Falanga Troya urushigacha maʼlum boʻlsada, biroq, u mil. av. 6-a. ga kelib toʻla shakllanadi. Makedoniyalik Filipp IIF. tarkibiga muayyan oʻzgarishlar kiritadi, uni suvoriylar bilan mustahkamlaydi. Makedoniya katta Falangasi 16384 goplitlar, 8192 peltastlar va 4096 otliq askarlardan tashkil qilingan. Falanganing loxos (16 goplitlardan iborat bir qator), sintagma (16 loxoslar) va kichik Falanga (16 sintagma)dan iborat boʻlinmalari tuzilgan. Falanga safi (jangovar tartibi) kvadrat, ombir hamda oʻyiq koʻrinishida boʻlgan. Falanga, asosan, uzun nayzalar yordamida roʻparadan qaqshatqich zarba berish uchun moʻljallangan. Falanganing janggohda manyovr qilish imkoniyati nisbatan cheklangan. Harakat paytida Falanganing safi tez buzilib ketar edi. F. Qad. Rimda (mil. av. 4-a. oxiri) manipula (legion boʻlinmasi) safi joriy qilingunga qadar qoʻllanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x