EVPATRIYLAR

EVPATRIYLAR, yevpatriylar (yun. — moʻtabar otalar) — Afinada zodagon yer egalari. Rivoyatlarga koʻra, Tesey davrida (mil. av. taxm. 13-asr) tashkil topgan erkin aholining 3 tabaqasidan biri (geomorlar — mayda yer egalari va demiurglar — hunarmandlar qatori). Mil. av. 8 — 6-asrlarda Evpatriylar ijtimoiymulkiy tabaqalanish jarayonida eng yaxshi yerlarga ega boʻlib olishgan. Ularning yerlarida ishlovchi chorakorlarga hosilning 5/6 qismini berishgan, siyosiy hokimiyat ham ular qoʻlida toʻplangan (faqat Evpatriylar gina arxontp mansabiga saylanib areopag aʼzosi boʻlishi mumkin edi). Qonun chiqaruvchilar Solon (mil. av. 594—93 ylar) va Klisfen (mil. av. 6-asr oxiri) ning demokratik islohotlari tufayli oʻz imtiyozlaridan mahrum boʻlishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x