EVOLYUTSIYA

EVOLYUTSIYA (lot. yeuo1iIo — avj olish) — rivojlanishnchng sinonimi; asta-sekin, bosqichmabosqich roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari. Evolyutsiyada rivojlanishning sifatiy asosi keskin oʻzgarmaydi, uning boshlanish va yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat oʻtadi. Evolyutsion rivojlanishda portlash hodisasi roʻy bermaydi. Jamiyatda, organik dunyoda va jonsiz tabiatda roʻy beruvchi oʻzgarishlarning yoʻnalishini, tartibini, qonuniyatlarini ifodalab, muayyan sistemadagi oʻzgarishlarning doimo oʻzidan ilgarigi holatidan farq qilishini qoʻrsatib turadi va fanda tarix, tarixiylik, taraqqiyot, rivojlanish, oʻsish, ravnaq topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x