EVKOMMIYA

EVKOMMIYA (Yeisotppa) — evkommiyadoshlar oilasiga mansub barg toʻkadigan ikki uyli daraxtlar turkumi. Xitoy (1000-yildan beri), Vyetnam, Gʻarbiy Yevropadagi ayrim mamlakatlar, Shim. Afrika, AQSHda, Oʻrta Osiyo va Zakavkazyeda (kichik maydonlarda) oʻstiriladi. Evkommiyaning qayragʻochsimon turi (Ye. shlyuUez) Xitoyda oʻsadi. Boʻyi 15—20 m, barglari oddiy, tuxumsimon yoki ellipssimon, ketmaket joylashgan, yonbargchasiz. Gullari mayda, ikki jinsli. Mevasi choʻziq qanotchali yongʻoqcha, sovuqqa chidamli. Evkommiyaning yogʻoch va urugʻidan tashqari hamma qismida guttaperchash sut naychalari boʻladi. Bargida 2—4%, tana va shoxlari poʻstlogʻida 5—6%, iddiz poʻstlogʻida 9—12% guttapercha bor. E. guttaperchasi juda sifatli. Uning 74% ini gutta, 20% ini smola tashkil qiladi. Evkommiya poʻstlogʻining qaynatmasi, damlamasi va ekstrakti gipertoniya kasalligini davolashda qoʻllaniladi. Urugʻidan, ildiz bachkisi va parxish qilib, shuningdek yashil qalamchalaridan koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x