EVFONIYA (yun. — yeirposha — ohangdorlik, ohangdoshlik) — nutqning ohangdorligini taʼminlovchi turli xil fonetik usullar, holatlar majmui; fonikanit tarkibiy qismlaridan. Evfoniya nutqning deyarli barcha turlari uchun xos. U nutqning talaffuzga oson, eshituvchiga yoqimli tuziladi. Evfoniya fikrning estetik goʻzalligini, musiqiyligini va emotsional taʼsirchanligini taʼminlaydi, sheʼriy ritmning izchilligini, poetik fikrning jarangdorligini ifodalaydi. Qofiya, alliteratsiya, assonans va tovush takrorlanishi Evfoniyaning usul va vositalari hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые