ETRUSK TILI

ETRUSK TILIRim davlatigacha boʻlgan Italiyaning qadimiy aholisi — etrusklarshshg (oʻlik) tili. Oʻrta dengiz tillari guruhiga kirsada, biror bir tilga genetik yaqinligi, qarindoshligi toʻliq aniqlanmagan. Apennin ya. o. da tarqalgan. 1-asrda lotin tili tomonidan siqib chiqarilgan. Mil. av. 7—1-asrlarga mansub turli mazmundagi koʻp sonli yozuv yodgorliklari (ularning soni 11 mingga yaqin), antik mualliflarning asarlarida uchrovchi ayrim soʻzlar hamda toponimlardan maʼlum. Shulardan eng yirigi va eng muhimi Zagreb (hoz. Xorvatiya)da saklanayotgan mumiyo pardasidagi yozuv (340 satr) hisoblanadi. Yodgorliklar, asosan, Italiyaning Etruriya, Kampaniya, Latsiya kabi qadimiy viloyatlaridan hamda Shim. Afrika (Karfagen) dan topilgan. Ular gʻarbiy yunon alifbosi asosida yaratilgan etrusk alifbosida oʻngdan chapga qarab yozilgan. Etrusk yozuvi (alifbosi) lotin yozuvi va Markaziy hamda Shim. Italiyadagi boshqa yozuv tizimlari uchun asos vazifasini oʻtagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x