ETILENGLIKOL

ETILENGLIKOL, 1,2 etandi ol, NOSN2— SN2ON — 2 atomli oddiy spirt; rangsiz, hidsiz, shirin taʼmli qovushqoq gigroskopik suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi —12,7°, qaynash t-rasi 197,° 6°, zichligi 1108,8 kg/m3. Suv, spirt, atseton, glitserinda yaxshi eriydi, benzol, toluol, dietil efir, uglerod tetraxloridda oz eriydi. 20% li suvdagi eritmasi —8° da, 40% li eritmasi —24° da, 66,7% li eritmasi —75° da, 80% di eritmasi — 47° da, 90% li eritmasi — 29° da muzlaydi.

Etilenglikol glikollarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar va ishqorlar bilan glikolyatlar, organik kislotalar va ularning angidridlari bilan 1 va 2 almashingan murakkab efirlar, degidratlanganda atsetaldegid (2pS12 ishtirokida), dietilenglikol (№ON ishtirokida) yoki dioksan (N2804 ishtirokida qizdirilganda), etilenoksid bilan polietilenglikollar (NOSN2SN2)pON hosil qiladi.

Sanotda Etilenglikol etilenoksidni gidratlab olinadi. Etilenglikolning suv bilan aralashmasi antifriz sifatida ishlatiladi. Plastmassalar, sunʼiy tola ishlab chiqarishda toʻqimachilik, atirupa, tamaki sanoatida qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x