Etambutolretsept bilan

Yurak-qon tomir tizimi: perikardit, miokardit, arterial gipotenziya, taxikardiya.

Qon tizimi va limfatik tizimi: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, eozinofiliya, limfadenopatiya.

Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, oriyentatsiyani buzilishi, gallyutsinatsiyalar, dezoriyentatsiya, depressiya, periferik nevritlar, oyoq-qo‘llarda paresteziyalar, uvishishi hissi, parezlar.

Ko‘rish a’zolari: ko‘ruv nervining retrobulbar yallig‘lanishi, ko‘ruv nevropatiyasi, ko‘rish o‘tkirligini bir tomonlama yoki ikki tomonlama pasayishi, shu jumladan qaytmas ko‘rlik, rang ajratishni buzilishi (asosan yashil va qizil ranglarni), markaziy yoki periferik skotomani rivojlanishi, ko‘rish maydonini cheklanishi, to‘r pardaga qon quyilishi.

Ko‘z tomonidan buzilishlarni paydo bo‘lishi davolash davomiyligi va ko‘rish a’zolarini oldingi yoki mavjud bo‘lgan kasalliklariga bog‘liq.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari: eozinofiliya, bilan yoki usiz o‘pkalarda infiltratlari, pnevmonit.

Gepatobiliar tizimi: jigar faoliyatini buzilishi, jigar transaminazalari faolligini oshishi, gepatit, sariqlik.

Ovqat hazm qilish yo‘llari: og‘izda metall ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, diareya, anoreksiya, soxtamembranoz kolit (rifampitsin va izoniazid bilan birga qo‘llanganda).

Siydik chiqarish tizimi: kreatinin darajasini oshishi, mochevina darajasini oshishi, interstitsial nefrit.

Teri va teri osti kletchatkasi: toshma, qichishish, giperemiya, dermatit, chimchilanish hissi.

Tayanch-xarakat tizimi va biriktiruvchi to‘qima: artralgiya.

Metabolizmni buzilishi: qon zardobida siydik kislotasi klirensini pasayishi, siydik kislotali diatezning ko‘rinishlari, podagrani zo‘rayishi.

Immun tizimi: anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi (toksik epidermal nekroliz), bronxospazm, vaskulit.

Umumiy buzilishlar: tana haroratini oshishi, etni uvishishi, umumiy holsizlik, shishlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x