ETALON VAQT — Yerning oʻrtacha aylanish tezligiga mos keluvchi aniq vaqt shkalasi (jadvali) ni tuzish uchun xalqaro vaqt xizmati olib boradigan astronomik kuzatishlar natijalari asosida hisoblanuvchi xalqaro vaqt. Aniq atom vaqti shkalasi kiritilganidan (1975-yildan) keyin xalqaro vaqt shkalasi Etalon vaqt shkalasi maqomini yoʻqotdi. Xalqaro vaqt yangi ehtimoliystatik usulda hisoblanadi. Mamlakatlarning vaqt xizmatlari Yerning aylanish tezligi oʻzgarishlari va uning fazodagi vaziyati toʻgʻrisida muntazam maʼlumotlarni tayyorlaydi. Vaqt xizmati har kunning maʼlum soatlarida radio orqali aniq vaqt signallarini berib turadigan st-yalar koʻp. Jahon miqyosida Etalon vaqtga doir ishlarni Parijda joylashgan Xalqaro vaqt byurosi boshqarib turadi. Oʻzbekistonda Etalon vaqt masalalari bilan Oʻzbekiston FA Astronomiya instituti shugʻullanadi (q. Vaqt, Vaqt xizmati).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые