ESXATOLOGIYA (yun. — soʻnggi va… logiya) — olam va insoniyatning soʻnggi taqdiri, oxirat haqidagi diniy taʼlimot. Dunyoning paydo boʻlishi va halokati, tabiatdagi kuchlarning yashirin kurashi haqidagi qadimiy tasavvurlardan kelib chiqqan. Esxatologiya gʻoyalari xristianlik va iudaizmda keng rivojlangan. Islomda esxatologik taʼlimot qiyomat tushunchasida ilgari surilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые