ESTAKADA — transport vositalari va piyodalar uchun moʻljallangan yoʻllar yer sirtidan maʼlum balandlikda oʻtkaziladigan inshoot; koʻprikshtt bir turi. Estakada ostidan yoʻl oʻtkazish yoki boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Estakada lardan, asosan, shaharlar va sanoat zonalarida foydalaniladi. Estakada bir qancha tayanch (ustun)lar ustiga oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan tashkil topadi. Temirbeton, poʻlat va yogʻochli xillari boʻladi. Estakada ostidan kema oʻtishi uchun imkon beradigan balandlikda suv ustiga ham quriladi (mas, portlarda, dengiz neft konlarida). Estakada sanoat korxonalarida ikki binoning yuqori qavatini bir-biriga bogʻlash uchun, transportyorlar, quvurlar, kabellar va h. k. oʻtkazish uchun ham quriladi. Piyodalar Estakadasi t. y. stansiyasida yoʻl ustidan piyodalar oʻtishi uchun moʻljallanadi. Bunday Estakadalar koʻp tarqalgan. Yirik shaharlar (mas, Berlin, Nyu-York, Tokio) da Estakada yordamida oʻtkazilgan juda uzun yer usti yoʻllari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые