Eski Toshkent


Post Views:
759

ESKI TOSHKENT (Yuqori Toshkent) – qadimda Shosh viloyatiga qarashli shahar nomi. Toshkent viloyatining g‘arbida, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, hozirgi Chinoz va No‘g‘ayqo‘rg‘on oralig‘ida, «Paxta» temir yo‘li bekatida, Chirchiq bo‘yidagi baland tekislikda joylashgan. Qadimda «Isko Toshkand» deb atalgan («Isko» sug‘dcha – «yuqori»), rus muarrixi P.I.Pashinoning yozishicha, qadimiy shahar o‘rnida bitta ko‘cha bo‘lib, u Qayumars deb atalgan. Chorizm istilosidan keyin Eski Toshkent hududi Chinoz tumani tarkibiga kiritilgan.

SHUTURKET, Ushturkat – Chochdagi qadimiy shaharlardan biri. Parak (Chirchiq) daryosi kechuvida, Buyuk ipak yo‘lida bunyod etilgan. Arab geograflari asarlarida (10-asr) Shuturket yirik, yaxshi mustahkamlangan «chiroyli timlari – yopiq bozorlari bo‘lgan» shahar sifatida qayd etilgan. Choch davlatida u kattaligi jihatidan Binkat va Xarashkat (Qanqa)dan so‘ng uchinchi mavqyeni egallagan. Shuturket xarobalari Chirchiq daryosining o‘ng sohilida, Toshkentdan 50 km g‘arbda Eski Toshkent nomi bilan saqlangan. 1900 yil V.V.Bartold uni Shuturket xarobasi ekanligini aniqlagan. G.V.Grigoryev (1934) tadqiq etgan. Rivoyatlarga ko‘ra bu joy Choch poytaxti va qadimgi bahodir Tosh qarorgohi bo‘lgan. Shaharning bunyod etilgan aniq vaqti noma’lum. Hozirgi Shuturket xarobalari Chirchiq suvi yuvib ketishi oqibatida ancha vayron bo‘lgan. Faqat 10–13-asr boshlariga oid o‘rta asr kvartallari saqlanib qolgan. Shuturketdan sirlangan sopol idishlar, ko‘plab shisha buyumlar topilgan. Shaharda hayot 13-asr boshida mo‘g‘ullar istilosi natijasida barham topgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/eski-toshkent-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x