ESHON — sufiylik oqimlarida diniy rahnamolar unvoni. Odatda, Eshonlar darvishlik, sufiylik oqimlarining biriga mansub boʻlgan. Ismoiliylar firqasi dindorlar jamoasining rahbari ham Eshon deb atalgan. Oʻrta asrlarda sufiy rahnamolariga murojaat qilishda ularning ismlari oʻrnida E., baʼzan «pir» soʻzlari qoʻshib ishlatilgan. Eshon larga muridlarni sufiylik yoʻliga oʻrgatuvchi (murshid) sifatida qarab kelingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые