EROT

EROT, Eros — yunon mifologiyasidagi sevgi xudosi. Gesiodning «Teogoniya» asarida aytilishicha, Erot xaosdan; qadimiy miflarga koʻra, Germes va Artemidadan yoki Ares va Afroditadan dunyoga kelgan. Odamlar va xudolarning yuragiga kamondan oltin oʻqlar otib ularda sevgi uygʻotgan. Erot qanotli goʻzal yigitcha yoki qanotchalari bor, kamon koʻtarib yurgan shoʻx bola qiyofasida tasvirlangan.

Koʻchma maʼnoda Erot — sevgi. Erotizm, erotika, erotik sheʼriyat E. dan olingan. Rim mifologiyasidagi Amurga toʻgʻri keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x