ERMON

ERMON, achchiq shuvoq — murakkabguldoshlar oilasi, shuvoqlar turkumiga mansub koʻp yillik oʻt turi. Kavkaz, Sibir va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Ildizi oʻqildiz. Poyasi tik, kumushrang, mayda tuklar bilan qoplangan, yer ostidagi kurtaklaridan may—martda koʻkarib chiqadi, kuzgi nihollari qishlaydi. Boʻyi 60—120 sm, shoxlangan, barglari patsimon qirqilgan, yoshi katta oʻsimliklarda ketma-ket joylashgan. Gullari sariq, naysimon, toʻpguli chochoq. Iyun-sent. da gullab, oktyabrda mevalaydi. Urugʻi teskari tuxumsimon urugʻcha. Choʻl, adir va togʻ yon bagʻirlarida, yoʻl yoqalarida oʻsadi. Poyasi va barglarida efir moyi, S va K vitaminlari, karotin, achchiq glikozidlar, oshlovchi va boshqalar moddalar bor. Preparatlari ovqat hazm qiluvchi, ishtaha ochuvchi, oʻt haydovchi dori sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x