Ermamat Nurmatov (1937)

Ermamat Nurmatov Chust tumanining Olmos qishlogʻida tugʻildi. Namangan davlat pedagogika instituti (hozirgi NamDU)ning tarix-filologiya fakultetida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Fargʻona viloyat gazetasida boshlab, soʻngra oʻrta maktabda, “Namangan haqiqati” gazetasida, viloyat teleradiokompaniyasida, “Namangan” nashriyotida xizmat qildi. 2000–2002 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi masʼul kotibi, 2007 yilgacha esa “Diyonat” gazetasi birlashgan tahririyatida adabiy muharrir vazifalarida ishladi.

Ermamat Nurmatovning dastlabki sheʼrlari “Namangan haqiqati” gazetasida, keyinchalik respublika gazeta-jurnallarida, turli almanaxlarda bosildi. “Olmos” (1970), “Boqiy baxt” (1977), “Yaxshilik” (1985), “Muhabbat bogʻi” (1991), “Sogʻinish” (1993), “Oq guldasta” (1997), “Devon” (1999), “Faryod” (2002), “Oq va qora” (2004), “Ikki qutb” (2007), “Ezgulikdan umr charogʻon” (2009) “Ikki qutb” (saylanma, 2010), “Ezgulikdan umr charogʻon” (publitsistika, 2011), “Saboq” (2012) kitoblari nashr qilindi. Ayniqsa, anʼanaviy usul ‒ arab alifbosi boʻyicha tartib berilgan, aruzning barcha janrlari qamrab olingan “Devon”i eʼtibor topdi. Gʻazallariga kuy bastalanib, taniqli xonandalar tomonidan qoʻshiq qilib aytilmoqda.

Ermamat Nurmatov “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/ermamat-nurmatov-1937/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x