Erkaklarda bepushtlik: sabablari, turlari va diagnostikasi

Erkaklar bepushtligi hozirgi kunda eng katta muammolardan biri. Avvallari bepushtlikka erkaklarning sababchi bo‘lish darajasi 30 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bu ko‘rsatkich 45 %ga ko‘tarilgan. Statistika ko‘rsatkichlariga qaraganda erkaklar reproduktiv tizimi tomonidan muammolar borgan sari ko‘paymoqda. Erkak bepushtligi deganda, uning oxirgi 12 oy ichida faol jinsiy aloqada bo‘lib, kontraseptiv vositalardan foydalanmaganda, ayolning homilador bo‘la olmasligiga aytiladi.

Erkaklar bepushtligi sabablari

Erkaklarni ota bo‘lish baxtidan mosvo qiluvchi kasallik sabablari bir qancha bo‘lishi mumkin. Bular organizmda ketayotgan umumiy patologiyalar va erkaklar jinsiy a’zolarida uchraydigan kasalliklar bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda bepushtlikka birgina sabab yetarli bo‘lsa, ba’zida bir necha patologiyalar natijasida kelib chiqadi. Kasallikning prognozi uning vaqtida to‘g‘ri diagnostikasi va davo choralari olib borilishiga bog‘liq.

Varikosele

Varikosele – har 7 bepushtlikka duchor bo‘lgan erkaklardan birida uchraydi. Kasallik asosida urug‘ tizimchasidagi (kanalidagi) venalarning kengayishi yotadi. Bu kanal orqali sperma suyuqligi chiqadi. Varikosele natijasida urug‘donda harorat biroz ko‘tariladi, bu esa spermatozoidlar holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu kabi patologiyalarni faqatgina shifokor aniqlay oladi. Shuning uchun erkaklar o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tishi talab etiladi.

Jisniy a’zolar rivojlanishi kamchiliklari va ularning jarohatlanishi

O‘tkazilgan jarohatlar yoki jinsiy a’zolarning rivojlanishidagi kamchiliklar sababli bepushtlik kelib chiqishi ko‘p hollarda kuzatiladi.

Ularga quyidagilar kiradi:

  • Kriptorxizm – moyaklar (urug‘donning) yorg‘oqqa tushmasligi;
  • Gipospadiya – jinsiy olat rivojlanish anomaliyasi, siydik chiqarish kanali olat boshchasiga emas, boshqa joyga ochiladi;
  • Monorxizm – bir dona moyak bo‘lishi;
  • Epispadiya;
    bepushtlikni davolash

Genetik anomaliyalar

Bunday holatlar bepushtlikka kamdan-kam sababchi bo‘ladi. Chunki tug‘iladigan farzand shunchaki tug‘ma defektlar bilan dunyoga kelib, u umuman jinsiy faol bo‘lmasligi mumkin.

Infeksiya natijasida kelib chiqqan bepushtlik

Ko‘p hollarda erkaklar siydik-tanosil organlarida yallig‘lanish jarayoni kechishi hisobiga bepushtlik kelib chiqadi. Organizmda infeksiyalar (virus, bakteriya, zamburug‘) aylanib yurishi hisobiga leykotsitlar soni oshadi, leykotsitlar spermatozoidlarni yopishqoqligini oshirib, ularni quyuq shaklga keltirib qo‘yadi. Ko‘pincha tekshiruvda quyidagi qo‘zg‘atuvchilar aniqlanadi:

  • Oqish treponema;
  • Trixomonada;
  • Gonokokk;
  • Xlamidiya;
  • Infeksion parotit (bolalik davrida o‘tkazilgan yoki homila paytida yuqgan infeksiya).

E’tibor bering: siydik-tanosil a’zolariga infeksion agent tushishi uretrit va prostatit chaqiradi. Bu kasalliklar faqatgina shifokor tomonidan davolanadi. Preparatlar qo‘zg‘atuvchi turi va uning sezuvchanligiga asoslanib tanlanadi.

Jinsiy zaiflik

Jisniy zaiflik aloqa vaqtida erta eyakulyatsiya (erta bo‘shashish), impotensiya yoki ereksiyaning buzilishi bilan tushuntiriladi.

Immunologik tizim muammolari

Erkak immun tizimi tomonidan kelib chiqqan kamchiliklar maxsus moddalar ajratib chiqishiga olib keladi, ular esa insonning o‘z spermatozoidlarini zararlaydi va ularning urug‘lantirish xususiyatini yo‘qotadi.

Gormonal buzilishlar

Bepushtlikka olib keluvchi gormonal patologiyalarga quyidagilar kiradi:

  • Gipotalamus yetishmovchiligi;
  • Testosteron yetishmovchiligi;
  • Qandli diabet;
  • Moyak (urug‘donlarning) yetishmasligi (tug‘ma yoki orttirilgan);
  • Giperprolaktinemiya;
  • Gipofiz yetishmovchiligi;
  • Qalqonsimon bez kamchiliklari;

Jarrohlik aralashuvi

Ba’zi jarrohlik amaliyotlari, masalan chov churrasi, uretra strikturasi (torayib yopilib qolishi), vazoektomiya, siydik pufagi rezeksiyasi, simpatektamiya, prostatektomiya operatsiyalari o‘tkazilgandan keyin bepushtlik kelib chiqishi mumkin.

Sistemali kasalliklarning davolaganda

Ayrim terapiyalar erkaklar reproduktiv tizimiga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Gormonoterapiya;
  • Trankvilizatorlar;
  • Nitrofuranlar;
  • Nur terapiyasi;
  • Anabolik steroidlar;
  • Kimyo terapiya;
  • Sulfanilamidlar;
  • Gipotenziv vositalar;
  • Narkotiklar;
  • Bronxial astma, qandli diabet, tuberkulez (sil), jigar sirrozi va shu kabi sistemali kasalliklar erkaklar bepushtligiga ham olib kelishi mumkin.
    Erkaklarda bepushlik sabablari

Bepushtlikka olib keluvchi tashqi faktorlar

  • Spirtli ichimliklar ko‘p ichish;
  • Chekish;
  • Narkotik vositalar;
  • Ekologiya;
  • Pestitsidlar ta’siri;
  • Ayrim mineral va vitaminlar yetishmasligi;
  • Issiq dush, saunalarda ko‘p vaqt bo‘lish, organizmning isib ketishi;
  • Haddan ortiq jismoniy zo‘riqish;
  • Zaharli bug‘, og‘ir metallar bilan surunkali zaharlanish;
  • Ionlashtiruvchi nurlar qabul qilish.

Erkaklar bepushtligi turlari

Farzand ko‘ra olmaslikka olib keluvchi sabablar turidan qat’iy nazar bepushtlik quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • 1-darajali bepushtlik;
  • 2-darajali bepushtlik.

Erkaklarda 1-darajali bepushtlik

Bu daraja erkaklarning yil davomida faol, himoyalanmagan holda jinsiy aloqa qilsa ham, ayolning homilador bo‘la olmasligini ko‘rsatadi. Diagnoz quyidagi holatlar erkak kishida aniqlansagina qo‘yiladi:

  • Gormonal statusdagi kamchiliklar;
  • Jinsiy a’zolar patologiyalari, tug‘ma yoki orttirilgan;
  • Varikosele;
  • Anamnezda jinsiy a’zolar jarohatlari;
  • Genetik jihatdan kamchiliklar;
  • Immunitetning susayishi.

Bepushtlikning 1-darajasi 3 xil tipda kechadi:

  • Sekretor – gormonal kamchiliklar tufayli spermatogenez jarayonida buzilishlar;
  • Immunologik – erkak organizmida antispermal antitelolar ishlab chiqarilib spermatozoidlarga ta’sir ko‘rsatadi, shuning hisobiga spermatozoidlar harakatlanishi kamayadi va tuxum hujayrani urug‘lantira olmaydi;
  • Obstruktiv – urug‘ chiqazuvchi kanallarning berkilib qolishi.bepushtlikni davolash

Erkaklarda 2-darajali bepushtlik

Bunday diagnoz erkaklarda avval farzandli bo‘lish kuzatilgan, lekin hozirgi davrga kelib urug‘lantirish qobiliyati yo‘qolgan erkaklarga qo‘yiladi. Bu kasallikka sabab 1-darajali bepushtlik kabi bo‘ladi:

  • Anabolik, trankvilizatorlar qabul qilish;
  • Varikosele;
  • Jarrohlik amaliyotlari o‘tkazganligi;
  • Kimyo va nur terapiyasi;
  • Orttirilgan urug‘ yo‘llari berkilib qolishi, prostatovezikuli, epididimit, uretrit, jarohatlar natijasida;
  • Umumiy sistemali patologiyalar qandli diabet, jigar sirrozi, tuberkulez (sil), bronxial astma;
  • Qalqonsimon bez kasalliklari.

Erkaklardagi bepushtlik belgilari

Odatda erkaklar bepushtlikda shikoyat qilmaydilar, faqatgina farzand ko‘ra olmaslik “dardi” bezovta qiladi. Inson o‘zini yaxshi his qiladi, jinsiy faol bo‘ladi, farzand ko‘rishni rejalashtiradi, himoya vositalaridan vos kechib qo‘shilgandan keyin, ayolda homiladorlik kuzatilavermaydi va erkak darrov bepushtlikka gumon qiladi.

Erkaklarda bepushtlik 3 patologik jarayon asosida kechadi:

  • Eyakulyatsiyada spermatozoidlar soni kamayishi;
  • Harakatsiz spermatozoidlar;
  • Urug‘ kanallaridan sperma suyuqligining ajralib chiqishi buzilishi.

Bepushtlikda tekshiruvlar

Diagnostika bepushtlikni davolashda birinchi qadam hisoblanadi. Uning o‘z vaqtida va to‘g‘ri olib borilishi kelajakda kasallikni davolashda katta rol o‘ynaydi. Bepushtlikka gumon qilinganda quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi:

  • Androlog ko‘ruvi. Shifokor fizikal tekshiruvlar o‘tkazadi, anamnez yig‘adi, o‘tkazilgan kasalliklar so‘rab surishtiriladi;
  • Instrumental tekshiruvlar;
  • Laborator tekshiruvlar;

Instrumental tekshiruvlarga quyidagilar kiradi:

  • Yorg‘oq UTT (UZI) tekshiruvi urug‘don (moyak) larning umumiy holati, uning struktur tuzilishi, patologik o‘zgarishlar bor yo‘qligini aniqlab beradi;
  • Rangli doplerografiya urug‘don va moyak venalarining reflyuksi va varikosele kuzatilayotganligini aniqlab beradi;
  • Urug‘don (moyak) biopsiyasi (EKO (tashqi urug‘lantirish) uchun moyak to‘qimalarini genetik tekshirish).

Laborator tekshiruvlar quyidagilar

  • Qon tarkibida gormon miqdori;
  • Genetik diagnostika;
  • Immunologik tekshiruvlar;
  • Spermogramma;
  • Spermatozoidlarning molekulyar tekshiruvi;
  • Eyakulatni bak ekish;
  • Eyakulatning sentrafuga analizi;
  • Tanosil a’zolari infeksiyasini tekshirish;
  • Gormonal skrining. Testosteron, FSG (follikula stimullovchi gormon), LG (lyutinlovchi gormon), globulin bog‘lagan jinsiy gormonlar, prolaktin (gipofizda o‘sma bo‘lishiga gumon qilinganda).

Muhim: gormonlarning giper va gipo sekretsiyasi organizmga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi, gumoral boshqaruvni buzadi, shu bilan birga erkaklarda bepushtlikka olib kelishi mumkin.Erkaklar bepushtligi

Immunologik tekshiruv

Maxsus MAR-test spermatozoidlarning foiz nisbatini aniqlab beradi, ya’ni antispermal antitelolar bilan qoplangan va sog‘lom spermalar. Qon zardobining immunoferment tekshiruvi antispermal antitelolar miqdorini aniqlab beradi.

Eyakulatni ekish

Bu tekshiruv spermogrammaning salbiy natija berganda o‘tkaziladi, spermadagi leykotsitlar (<1000000 1 ml ) ko‘p bo‘lsa, qo‘zg‘atuvchini aniqlash maqsadida.

Eyakulatning sentrafuga analizi

Bu tekshiruv spermada spermatozoidlar yo‘q bo‘lsa o‘tkaziladi. Spermatogenez jarayonidagi har bir spermatozoidni aniqlab beradi.

Spermogramma

Spermatozoidlar miqdori va sifatini aniqlab berishda eng ko‘p qo‘llaniladigan va ma’lumot beradigan tekshiruv usuli. Bu tekshiruv natijasida turli xildagi patologiyalar aniqlanadi: oligospermiya, azoospermiya, teratospermiya, astenospermiya, piospermiya, aneyakulyatsiya, kriptospermiya va boshqalar.

Eyakulat ko‘rsatkichi klassifikatsiyasi

normozoospermiyaNormal eyakulat, normal ko‘rsatkichlar bilan
oligozoospermiyaSpermatozoidlar konsentratsiyasi normadan past
astenozoospermiyaSpermatozoidlar harakatchanligi normadan past
teratoospermiyaSpermatozoidlar morfologiyasi normadan past
oligoastenotertozoospermiyaSpermatozoidlar konsentratsiyasi, harakatchanligi, morfologiyasi normadan past
azoospermiyaEyakulatda spermatozoidlar yo‘qligi
aspermiyaEyakulatning umuman yo‘qligi

Muhim: spermogrammaga ko‘rsatma faqatgina shifokor tomonidan, har bir bemor uchun individual holatda yondashib olib boriladi.

Bu tekshiruv usuli samarali bo‘lishi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

  • 2-4 kun jisniy aloqa qilmaslik;
  • Spirtli ichimliklar ichmaslik;
  • Kuchli farmakologik preparatlar qabul qilmaslik;
  • Tana haroratining oxirgi 90 kun ichida ko‘tarilishi spermogramma natijasiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x