Erkakka yoqish uchun pomada surish yoki qoshni bo’yash shart emas. Erkak tabiatan ayolning jozibadorligiga uchadi. Hech sezganmisiz, «oddiygina» ayol ba’zida erkakni boshini butunlay aylantirib qo’yadi. Nega shunday, deb o’ylaymiz. Bunga sabab ayolning jozibadorligi. Rus tilida «сексуальность» degan so’z bor. Bizning maqolada jozibadorlikni aynan shu ma’noda qo’llaymiz.
Ayol jozibador bo’lishi uchun kuchli bo’yanishi, ochiq-sochiq kiyinishi ham shart emas. Ayolning jozibadorligi ko’rinmaydi. Ichidan chiqadi. Buni erkak tabiati bilan his eta oladi. Eringiz sizga hamisha talpinishini, sizga jismonan va ruhan zor bo’lishini istasangiz jozibador bo’lishni biling. Quyida josibador bo’lish uchun amaliy maslahatlar taqdim etamiz:
1. Doim kulib yuring, kulib yuradigan ayol erkakka yoqadi.
2. O’zingizga ishoning. O’zingizning go’zalligingizga shubha qilmang. Eringiz sizni tanladimi, demak uning uchun ham go’zalsiz. Mana shu ishonchni eringizda ham, o’zingizda ham so’ndirmang.
3. Eringizdan «qochib yuring». U ovchi bo’lsin.
4. Uyda bolalar yoki qarindoshlar bo’lganida eringizga har xil yoqimli ishoralar qilib yuring. Sizning hayolingiz unda ekanligini bilsin. Ba’zida ko’pchilik orasida unga asta teginib o’ting. Hayajon bossin.
5. Jiddiy bo’lmang. Jiddiylik hech bir ayolga yarashmaydi.
6. Qiziqarli bo’ling. Eringiz siz bilan suhbatlashishni xush ko’rsin. Aqlingiz unga yoqadigan suhbatga yetmasa, o’qing, bilim orttiring, yuksaling.
7. O’zingizga qarab yuring. Go’zal bo’lish uchun emas, o’ziga qaragan ayol o’zini yaxshi his etadi. O’zini sevishni boshlaydi. Bu esa erkakka yoqimli ko’rinadi.
8. Erkalaning. Erkak yaxshi kayfiyatda bo’lganida unga erkalash uchun bir mushuk kerak.
9. Tunda hissiyotlaringizdan uyalmang. Eringiz o’sha payt sher ekanligini his etsin.
10. Shirin so’z bo’ling. Tili shirinlik jozibadorlikning asosidir.
Bularning barini eringiz yaxshi kayfiyatda bo’lgandagina qo’llab ko’ring. Natijasi tez orada namoyon bo’ladi.
Har bir ayol erkakka yoqishni istaydi. Ya’ni eriga. Turmush davomida esa shu yoqimlilik yo’q bo’lib qolishi mumkin.
Erkak xotinida farzandlarining onasini, o’rtog’ini, oshpaz yoki pazandani, ota-onasini kelinini ko’radi-yu, lekin AYOLni ko’rmay qoladi. Bunday oilalarda bir qarashda totuvlik bordek tuyuladi. Chuqurroq ko’rilsa, er-xotin orasidagi munosabatlar yaqin emas. Jinsiy munosabatlar deyarli yo’qqa chiqqan. Bo’lsa ham, bir-biriga talpinish, birga bo’lish, bir-biriga lazzat tuxfa etish, yanada yaqinroq bo’lish maqsadida emas, balki jismoniy ehtiyoj tufayli sodir bo’ladi. Ya’ni erkakning bir ehtiyojini qondirish maqsadida.
To’g’ri, ba’zi oilalarga shuni o’zi kifoya. Muhimi er-xotin do’st,oila tinch, orada mehr yo’q emas, qo’shma maqsadlar qurilmoqda. Shunday bo’lsa, juda yaxshi.
Lekin ba’zida bunday munosabatlar juftlikdagi erkak yoki ayolni qondirmay qoladi. Shunda erkak o’zini haqiqiy ayolga yoqimli ekanligini his etishni istab, ko’chadan shunday ayol izlaydi. Eriga yoqmayotganini his etmaydigan ayol esa asabiy, depressiv holatda yashaydi. Tashqaridan qaraganda, tinch-totuv oila, lekin ayolga doim nimadur yetishmagandek. Jinsiy munosabatlar ham yo’q emas, uy-ro’zg’or but, lekin ayol baxtli ekanligi ko’rinmayotgan bo’ladi.
Shunday erkak va ayolni ko’rgan odam noshukur deb ularni koyishi mumkin. Lekin xulosa chiqarishga erta. Fiziologik jihatdan ba’zi ayollarga yoqish hissi, erkaklarga esa yoqtirish hissi doim xamroh bo’lishi muhim!.
Bunday ayollar o’zini eriga yoqimli ekanligini his etmasalar, chinakam xursand bo’la olmaydilar. Yonida yoqimli ayol borligini ko’rmagan erkak, o’zini qoniqmagandek his etaveradi.
Shunday vaziyatda nima qilsa bo’ladi?
Shkur qilish kerak, albatta. Lekin fiziologiyani bekor qila olmaymiz.
- Avallo, ayol eriga yoqish yo’llarini huddi turmushining ilk yillarida izlaganidek izlab topishi va qo’llashi kerak.
- Huddi ilk uchrashuvlarda muomila, tabassum, harakatlarini o’ylab namoyon qilganidek, hozir ham ularni eriga yoqadigan shakllarda ko’rsata olishi kerak.
- Eriga yoqqan paytidagi qila olgan erkaliklarini, hozir ham qaytara olishi lozim.
Bola-chaqa bilan ovora bo’lib, ba’zida ayollar AYOL ekanligini unutib qo’yadi. Tirnoqlari, sochi, yuzi haqida o’ylashga vaqti ham bo’lmaydi. Erkakning qorni to’yib, toza uyda o’triganida esa yonida munosib ayol uni ko’zini xursand qilib turishida ehtiyoji kam emas.
Uy yumushlaridan, qo’lda chaqaloq bilan erining ko’nglini ham har tomonlama olish aslo oson ish emas.Chunki faqatgina chiroyli muomila yoki shirin ovqat ayolga yoqimli bo’lish kafolatini bera olmaydi. Har bir ayol yonidagi erkakka yoqish uchun aynan nimalarga ahamiyat berish kerakligini topishi lozim.
Kimgadur ayoli tunda ajoyibotlar ko’rsatishi muhim bo’ladi, kimgadur ayolining tashqi ko’rinishi ahamiyatli, kimdur ayolda shu ikkala hususiyat bo’lishini istaydi, kimdur esa ayoli did bilan kiyinishini xohlaydi. Kimdur esa o’zi ham bilmaydi nima kerakligini, lekin ko’chada boshqa ayollarga ko’zi o’ynaydi. Kimgadur yuqorida aytganimizdek, tinch-totuvlikni o’zi kifoya.
Yana bir bora qaytaramiz, agar kifoya bo’lsa, muammo yo’q. Bunday oila baht girdobida bo’ladi. Kifoya bo’lmasa, ayol izlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ayolning vazifasi erining ko’ngliga har tomonlama yaqin bo’lish sirini topish. Ya’ni u qanday bo’lsa, nima qilsa, eri uni ayol sifatida yoqtira oladi?
Agar turmushning ilk yillarida bunga ko’p ham harakat talab etilmagan bo’lsa, yillar o’tib eriga yoqimtoy bo’lib ko’rinish bu katta mehnat.
Arzirmikin?
Agar ayolda 50 yoshida ham erining ko’z qisishlariga, yonidan o’tib ketayotganida sekingina belini silab o’tishiga, bolalar ko’rmaganida ba’zi xilvat harakatlariga, faqat o’zlari uchun tushunarlik shivir-shivirlarga ehtiyoji bo’lsa, u holda arzidi. Agar erkak, romantik bo’lib, erkak va ayol munosabatlarini ustun qo’yib, unga jinsiy munosabatlarning sifati muhim bo’lsa, yonidagi ayol bilan fahrlanishni istasa, ayolning tashqi ko’rinishiga befarq bo’lmasa yoki ko’cha-kuyda ko’zi o’ynoqilik qilayotgan bo’lsa, arzidi.
Yillar o’tib erkak va ayol nafaqat ota-ona, do’st yoki turmush o’rtoq, balki bir-biriga muhabbatini ko’rsatishga intiluvchan ERKAK va AYOL bo’a ollishi uchun arzidi.
Ba’zi ayollar erkaklarni qattiq kuch bilan o’ziga jalb qiladi. Buning siri ochiq-sochiq kiyimida ham, ayolning go’zalligida ham emas ekan.
1. Bunday ayol kimgadur o’xshashga intilmaydi. U o’zi yagona va betakrorligidan faxrlanadi;
2. Kerakmas ishlarga vaqtini behuda ketqazmaydi;
3. Birov uni kamsitishiga yo’l qo’ymaydi;
4. Birov unga nisbatan hurmatsizlik ko’rsatishiga yo’l qo’ymaydi;
5. Birov unga jismoniy kuch ishlatishiga aslo yo’l qo’ymaydi;
6. Hech qachon o’z qadrini yo’qotmaydi;
7. Birovlarning gapiga kirib ish tutmaydi, o’ziga ishonchi kuchli bo’ladi;
8. Birovlarni hayotiga aralashmaydi, g’iybat qilmaydi;
9. o’ziga qarashga, o’ziga yoqimli ish bilan shug’ullanishga doim vaqti bo’ladi va vaqt ajrata oladi;
10. O’zini aybdor deb his qilib yurmaydi.
Bir nazar bilan qaraganda, g’alati eshitilsa kerak. Shundoq ham erkakka yoqish harakatida bo’ladiku, ayol?
Ayol o’ziga zeb berayotganida aslida erkakka yoqish uchun harakat qiladi, to’g’ri, lekin haqiqattan uning qilgan ishi erkakni ko’ziga mo’ljallanganmikin?
Ayollar yoqimli ko’rinish uchun asosan nima qiladilar?
Manukyur-pedikyur qilish;
O’ziga jalb qiluvchi, tor, ochiq-sochiq yoki bayramona kiyimlar kiyish;
Juda uzoq va puxta bo’yanish, bo’yanayotganda kiprikning har bir donasiga ahamiyat bergudek bo’lish;
Sochini kerakli shaklga keltirib turmaklash;
Taqinchoqlar taqish;
va hokazolar.
Endi bir o’ylab ko’raylik yoki eslab ko’raylik, erkaklar bunga yoki shu harakatlarimiz natijasiga qanchalik ahamiyat beradilar?
Agar ayoli aytmasa, umuman ahamiyat bermaydi yoki ayolini harakat qilganini ko’rib uni ko’nglini olish uchun ahamiyat berganligini aldaydi.
Erkakka bo’yalgan tironqlar emas, toza va qaralgan tirnoqlar muhim. Qo’l va oyoqlar teri qotib qurib ketmaganligi muhim. Silaganida yoqimli bo’lishi muhim. Lakning rangini esa u umuman ko’rmaydi.
Biling, sizning chiroyli manikyuringiz faqat boshqa ayollarga yoqishi mumkin.
O’ziga jalb qilish uchun kiyilgan ochiq-tor yoki umuman zebli kiyimlar erkakni xirsini uyg’otishi mumkin, lekin ayolni yoqtirishga undamaydi. Erkakka ayol qulay qiyinib o’zini qulay va tabiiy his qilib yurgani yoqadi. Tirsillab ikki yonida yog’i chiqib turgan shimda qiynalib yurgan ayol erkak ko’zida naqadar yoqimsizligini tasavvur qilmaysiz. Bunday ayol yoqimli emas, unga nisbatan ehtiros uyg’onadi, xolos. Lekin dugonalar shu kabi kiyimlarni juda yaxshi baholaydilar. Erkaklardan farqliroq aynan ayollarga jalb qiluvchi, zamonaviy yoki bayamona qimmatbaho kiyingan ayollar yoqadi, ular bunga ahamiyatliroq bo’ladilar.
Bo’yanishga kelsak, bu alohida mavzu. Erkakka ayol suykalish, mehr olish, silash, upish uchun ham kerak desak, har xil bo’yoqlar bunga katta to’sqinlik qilishini anglash qiyin emas. Aslida erkakka parvarish qilingan, toza, tabassum qilib turgan yuz yoqadi. Labida yoki qo’lida tonal krem va pomadani his qilish esa erkakni quvontira olmaydi.
Sizning ko’zguni oldidagi 2 soatlik bo’yoqlar bilan harakatingiz dugonalaringizga yoqishi mumkin, ular bo’yanganligingiz sifatiga ham baho berib o’tadilar, lekin erkakka sizning qanday ten va pomada rangi ishlatganingizning hech qanday farqi yo’q. U buni tushunmaydi.
Sochlarni qottirib turmaklash yoki bir shaklda tursin deb boshini bir holatda tutib yurish ayolni erkak ko’zida tushirib yuboradi. Ayolning sochlari avallambor sog’lom va toza bo’lishi darkor. Sog’liqni taratib turuvchi, yuzga yarashadigan uzunlikdagi tabiiy sochlarni erkak silagisi keladi. Bunday ayol chetdan yengilgina(ijobiy ma’noda) va tabiiy ko’rinadi.
Tumandagi eng zo’r stilist yaratib bergan soch turmagini esa ko’chada sizni ko’rgan boshqa ayollargina xavas qilishi mumkin.
Huddi shunday taqinchoqlar haqida ham gapirsak bo’ladi. Umuman aytganda, ayolga taqinchoq, sumka, sharf kabi aksesuarlar go’zalligini boyitib turish uchun kerak. O’rnini bosish uchun emas! Erkakni ko’ziga aksesuarlar emas, ular boyitib turgan ayolning ko’rinishi, didi va tabiiyligi yoqimlidir.
Qimmatbaho sharflar esa boshqa ayollarni ko’zini qamashtira oladi, xolos.
Xulosa qilib aytganda, erkak ayoliga maydalashib qaramaydi. Ayoli kiprigiga ishlatgan tush, sumkasiga mos rangdagi pomada, sochning 2 soat dazmollangani erkakka muhim emas. Unga umumiylik, yaxlitlik muhim. Erkak yonida toza, o’ziga qaragan, o’zini parvarish eta oladigan, qaddi-qomati chiroyli, qaddini rostlab tabassum qilib yuradigan ayol bo’lishini istaydi.
Bunga erishish uchun hech qanday pomada ham Gucci kiyimi ham yordam bermaydi. Ayol o’zini ustida ishlashi lozim. Jismoniy mashg’ulotlar qaddini go’zallashtiradi, yuz va teri parvarishi, vaqtida uxlash va dam olish, o’zini qadrini bilish kabilar ayolni ko’zlari chaqnab, yurishi, go’zal bo’lib erkak ko’zini quvontirib turishga olib keladi.
Yuqoridagi ayollar ko’p vaqt ketqazadigan harakatlar esa, boshqa ayollargagina yoqadi va aynan ayol ko’zi bilan baholana olinadi, xolos.
Ayolga yoqish uchun shuncha vaqtingizni bekorga sarflamang, erkak uchun harakat qiling.
Xotin eri uchun butun umrga suyukli va kerakli bo’lib qolishning iloji bormi? Albatta, bor. Faqat buning uchun xotin kishi harakat qilishi kerak. Axir yillar davomida orangizdagi masofa uzoqlashib borishi ham mumkin… Necha-necha oilalarda 20-30 yil yashagan er-xotin bir-biridan ancha uzoqlashib ketgan bo’ladi. Bunday bo’lishiga yo’l qo’ymang.
Uni o’zgartirib bo’lmaydi…
Agar eringizda sizga yoqmaydigan odati bo’lsa, uni o’zgartirishga yoki yo’q qilishga urunmang. Masalan, kiyimlarini otib tashlash, vannada kitob o’qish, shanba kunlari futbol o’ynash, tish yuvgichni teskari qo’yish va hokazo. Bu odatlarni sizni g’azablantiruvchi, eringizni esa buning natijasida asabiylashtiruvchi omilga aylantirmang. Siz uning odatlarini yoqtirmay aslida uning o’zini ham qabul qilmayotganingizni ko’ratmoqdasiz. Unday qilmang. Sizga yoqmayotgan bu odatlarga ahamiyat bermaslikka yoki kichik bir kamchilikka qaraganday qarashni o’rganing. Axir sizda ham eringizga yoqmaydigan odatlar bor-ku… Asosiysi sizgacha bo’lgan uning odatlarini buzgandan ko’ra uning hayotiga yaxshilik kiritishga harakat qiling.
Jismoniy yaqinlashuv
Psixologlarning ta’kidlashicha kun mobaynida er-xotinning bir-biri bilan jismoniy yaqinlashuvi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik ular munosabatlari yaxshilanadi. Jismoniy yaqinlashuv deganda quchoqlashish, o’pish, qo’l ushlash, erkalash, jinsiy aloqa nazarda tutiladi. Bola-chaqa, uy-yumush ishlari bilan band bo’lganingiz chog’ida ham ishdan charchab kelgan yoki shunchaki uyda dam olayotgan eringizni mehr bilan quchoqlashingiz uning butun charchoqlarini va ishdagi muammolarni unutib yuborishiga, siz uchun naqadar kerakli ekanligini his eta olishiga yordam bo’ladi. U ana shu mehrga to’la quchoq uchun uyga shoshadigan bo’lsin.
Xatolaringizni tan oling
Er-xotin orasida tushunmovchilik ro’y bersa, o’z aybingizni tan olishga o’rganing. Eringiz xato qilgan bo’lib sizdan kechirim so’rayotgan bo’lsa, uni kechira biling. Janjaldan alamsiz chiqib ketishning eng oson yo’li bu kechirim so’rash. Janjal bo’lgan bo’lsa, aybdor kechirim so’rab keyin yarashing. Alamni ichingizga yutib er-xotin yarashib olishingiz keyinchalik umr davomida alamlar ko’payib orangizga sovuqchilik tushishiga sababchi bo’ladi.
O’zingizni yerga urmang
Eringiz oldida o’z kamchiliklaringiz, ayb va xatolaringiz haqida gapirmang. Haqiqiy ayol hech qachon erini oldida o’zini yerga urib, kamsitmaydi. O’sha payt eringiz sizga dalda bo’lib qo’llasa ham, keyinchalik sizning o’zingiz haqida aytgan so’zlaringiz unga bir haqiqatdek tuyuladi. «Borgan sari semirib ketyapman» yoki «Qo’limdan pishirish kelmaydi» kabi izohlaringiz keyinchalik sizni ayblash uchun unga qo’l kelib qolishi mumkin.
Xafa bo’lsangiz, ayting
Odatda ayollar eridan xafa bo’lsa, indamay yuradilar. Eri esa, «nima bo’lganikan, nega arazlayapti», deb tushunmay yuradi. Ayollar erkakni o’zi anglashini istaydilar. Lekin buning iloji yo’q. Erkakning psixologiyasi shundayki, ularga ochiq-oydin xafagarchilik sababi aytilmasa, ular uni o’zlari hech ham aniqlay olmaydilar yoki bu haqda o’ylamaydilar ham. Shuning uchun er-xotin orangizda tushunmovchilik yuz berib, eringiz sizni xafa qilib qo’ygan bo’lsa, indamay yurishni cho’zmang. Albatta, 3-4 soatlik sukunat foyda bo’la oladi, lekin kunlab davom etadigan arazlash hech kimga foyda keltirmaydi. Muhimi, er-xotin bir-biringizdan uzoqlashishga o’rganib qolasiz. Shuning uchun oz vaqt o’tgandan keyin eringizga xafa bo’lganingiz sababini ochiq oydin eting. Erkalaning, undan kechirim so’rashini iltimos qiling, faqat indamay yurmang.
Ayol dunyoni tebratadi deyishadi. Sizning oilangizda esa siz shu oilani tebratuvchi, shu oilani yanada gullatuvchi kuchdirsiz. Oilada aynan ayolning oqilaligi, farosati, aqli va donoligi oilani baxtu-ezgulikka yetaklaydi.
Er-xotin bir-birlarini qanchalik sevmasinlar baribir oilada tushunmovchilik tez-tez yuzaga kelib turadi. Ba’zida erkakning asabiylashgani yoki aksincha siqilib jim yurishi ayollarni g’azablantirib yuboradi. Ishdan charchab kelgan er uy ishlari bilan charchab qolgan ayolni tushumaydi…»axir u uydaku, men esa kuni bilan sarsonman», deb o’ylaydi. Ayolning kuni bilan bola-chaqa, uy-yumush ishlari bilan bandligi ko’zga ko’rinmas ekan. Kim aybdor?
Albatta hech kim, shuning uchun bu masalaning yechimini topib hal qilish darkor.
Ba’zi oilalarda erkakning roli pul topish bo’lsa, ayol uy-rozg’or ishlari bilan band bo’ladi. Agar er- xotin bu rollardan mamnun bo’lsa, demak munozaraga o’rin yo’q. Lekin ba’zi ayollar kuni bilan uy ishlaridan charchab kechki payt eridan yordam kutadilar, er esa ko’chada ishlab kelganini ro’pora qilib uy ishlaridan bosh tortadi. Ana shu yerda bir oz to’xtab muzokaralar olib borishga tog’ri keladi.
Faqat bu muzokaralar ayni asabiylashgan, charchagan payti emas, balki dam olish kunlari yaxshi kayfiyatda olib borilgani maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayol kishi kuni bilan charchayotganini, unga ham biroz yordam talab etilishini, uyda bolaga qarash unchalik oson ish emasligini tushuntirib eriga yetkazishi darkor. Er esa xotinining holatini tushunib qaysi ishlarni u o’z charchovini inobatga olgan holda o’z zimmasiga olishini taklif etishi mumkin.
Lekin erkak kishi shundoq ham ishxonada charchab uyga kuchsiz kelayotgan bo’lsa, u holda uning sizga yordam bera olmasligiga ishoning va dam olishi uchun yetarlicha imkoniyat yaratib bering. Axir xotini uni tushunmasa kim ham tushunadi?
Agar erga ishlash yoki ish sharoiti joniga tekkan bo’lsa…
Ko’pincha erkaklarni ish faoliyati bilan bog’liq muammolar asabiy bo’lib qolishiga sababchi bo’ladi. Karyera o’smayotgani, moliyaviy qiyinchiliklar, ishxonadagi haqiqatsizlik, yomon munosabatlar yana ko’plab faktorlar erkakni salbiy tomonga o’zgarishiga turtki bo’lishi mumkin. Ko’pchilik erkaklar o’z muammolarini uydagilardan bekitib yurishga harakat qilib siqilib asabiylashib yuradilar. Kerakmas savollar bilan erini qiynab, uydagi muammolarni shu payt tiqishtirmay, biroz sabr qilib eriga dalda bo’lib, unga nisbatan o’z ishonchini bildirib, ayol hammasi vaqtincha deb kerakli so’zlar ishlatgan holda erini yupata olsa, eri ishxona muammolaridan uyga hordiq topish uchun shoshiladi. Muammolar hal qilinganda esa xotiniga minnatdor bo’lib qoladi.
Ko’p pul ishlatish
Xotini uyda o’tirgan er pul qayoqqa ketayotganini tushumay jahl qiladi. Agar ayol erini sevsa, u uydagi yetishmovchilikni hadeb erini yuziga solmay, asta-sekin yotig’i bilan erini kamsitmay unga yetkazadi. Kerak bo’lsa, kerakli narsa olish uchun biron narsadan bosh tortishga ham rozi bo’ladi.
Tushungan xotin uchun erkak yanada ko’p pul topishga harakat qiladi.
Yoqmas odamlar
Ba’zi erkaklarga xotinining dugonalari yoki biron bir qarindoshlari yoqmasligi mumkin. Shunda eringizga dugonangizda nima yoqmasligi-yu, nimaga yoqmasligini aniqlab o’tirmay, ularni uyga kamroq kelishini ta’minlashingiz afzalroq. Axir bu sizning oilangiz. Har safar uyga eringizga yoqmas inson kelganidan keyin janjallashgandan ko’ra, tashqarida uchrashib eringizni ranjitmagan ma’qulroq.
Salomatlik
Erkakning yomon kayfiyatiga uning salomatligidagi muammolar sababchi bo’lishi mumkin. Albatta, erkak o’z salomatligi haqida gapirishni istamaydi. Shunda ayol unga ruhan yordam bera olishi lozim.
Yuqoridagilarni o’qib, «ayol haqida kim o’ylaydi?», degan fikr paydo bo’lishi to’g’ri. Lekin eriga aql -farosat bilan, o’zini kamsitmay, o’z qadrini bilib e’tiborini ayamagan ayol yonida ajoyib inson yashab uni qadrlab kelayotganidan o’zi yutadi.