ERISH

ERISH — moddalarning issiqlik taʼsirida qattiq (kristall) holatdan suyuq holatga oʻtish jarayoni. Sof moddalarning Erish jarayoni Erish trasiga bogʻliq. Erish vaqtida qattiq holatdagi atomlarning joylashish tartibida fazoviy kristall panjara buziladi. Kristallda atomlar muvozanat vaziyatlari atrofida tebranadi. t-ra koʻtarilgan sari tebranishlar amplitudasi ortib boradi va muayyan kritik kattalikka yetadi, shundan keyin panjara buziladi. Qattiq qotishmalar maʼlum t-ra oraligʻida eriydi. Amorf qattiq moddalar t-ra orta borishi bilan yumshab, asta-sekin suyuq holatga oʻtadi. Modda eriganda hajmi kengayadi, bosim oshishi bilan Erish t-rasi ham ortib boradi. Ayrim moddalar (muz, metall va metalloid) eriganda hajmi kichrayadi va bosim ortishi bilan Erish t-rasi pasayadi.

Molekulyarkinetik tasavvurlarga binoan, moddaning qattiq holatdan suyuq holatga oʻtishida kristall panjaraning buzilishi uchun yetarli miqdorda energiya berilishi zarur. Erish jarayonida moddaga tashqaridan beriladigan energiya uning t-rasi ortishiga emas, balki kristall panjarasini buzishga sarflanadi.

Erish tabiatda (Yer sirtida qor va muzlarning, Yer qaʼrida minerallarning erishi), fan va texnikada (sof metall va qotishmalar ishlab chiqarishda) katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x