ERGASH JUMANBULBUL OʻGʻLI

ERGASH JUMANBULBUL OʻGʻLI (1868, hoz. Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Qoʻrgʻon qishlogʻi — 1937.12.5, Qoʻshtamgʻali qishlogʻi) — oʻzbek xalq shoiri, dostonchi. Dehqondostonchi oilasida tugʻilgan. Uning yetti otabobosigacha, shuningdek, amaki va momolari dostonchishoir oʻtgan (Yodgor, Lafas, Mulla Tosh, Mulla Xolmurod, Jumanbulbul, Tilla kampir, Sulton kampir, Jossoq, Yorlaqab va boshqalar 17—19-asrlarning taniqli dostonchilari boʻlganlar). Ergash Jumanbulbul Oʻgʻlining ulkan shoirdostonchi boʻlib yetishuvida oilasi va qishlogʻidagi (q. Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi) boy adabiy muhit katta rol oʻynagan. Dostonchilik taʼlimini otasi Jumanbulbuldan olgan.

Asli savodsiz boʻlgan Jumanbulbul oʻz oʻgʻli Ergashning oʻqishoʻrganishi, bilim olishiga katta eʼtibor bergan. 1884—86 yillarda Buxoro madrasalaridan birida oʻqib, fors tilini oʻrgangan, arab tili bilan tanishgan, husnixat mashq qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil, Mashrab, Mahtumquli asarlarini mutolaa etgan. Biroq moddiy qiyinchilik va otasining vafoti (1886) tufayli oʻqishni davom ettira olmagan. Qishlogʻiga qaytib, mustaqil oʻqish, dostonchilikda mahoratini oshirish bilan shugʻullangan, maʼlum muddat maktab ustozi va qaynotasi Oʻtamurod xatibning yordami bilan dehqonlardan kafsan yigʻuvchi boʻlgan. 1887—89 yillarda E. J. oʻ. Buxoro amirligiga qarashli Nurota bekligining amlokdorlaridan biri Qoʻzibekka mirza (kotib) boʻlib ishlagan.

Oʻlkada boshlangan qahatchilik, chigirtka va vabo tarqalishi natijasida shoirning yaxshigina dostonchi boʻlib yetishayotgan ukalari Abduxalil va Abdujalillar, singillari va farzandlari birinketin vafot etadi. Bunday gʻamalam, tashvishda qolgan shoir kuylashni ham tashlab, taxm. 1904—05 yillardan darbadarlikda hayot kechirgan. 1912—22 yillarda Bulungʻur, Gʻallaorol, Urgut tumanlari, Jizzax va Panjakent atrofidagi qishloqlarda tabiblik, qissaxonlik, sheʼrxonlik qilib yurgan, baʼzan dostonlar kuylagan. 1923-yilda qishlogʻiga qaytgan. 1924 yil Qorakisa qishlogʻida bir xonali maktab ochgan.

Ergash Jumanbulbul Oʻgʻli 1925-yil Samarqandga kelgan. 1926—28 yillarda Bulungʻur tumani Qirqshodi qishlogʻida Poʻlkan shoir, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli bilan birgalikda yod bilgan dostonlarini yozdirish va oʻzi yozib qoddirish bilan shugʻullangan. 1929 — 36 yillarda Ergash Jumanbulbul Oʻgʻli oʻz qishlogʻida, asosan, dehqonchilik ishlari bilan mashgʻul boʻlgan, dostonchilikda shogirdlar yetishtirishni davom ettirgan. 1936-yilda Toshkentga kelib, 1937-yil apr. gacha folklorshunos H. T. Zarifov uyida yashagan. 1937-yil apr. oxirlarida qishlogʻiga qaytib vafot etgan.

Ergash Jumanbulbul Oʻgʻlining ijodi, repertuari boy va rangbarang. Shoir «Kuntugʻmish», «Yakka Ahmad», «Alibek bilan Bolibek», «Dalli», «Ravshan», «Qunduz bilan Yulduz», «Xushkeldi», «Xoldorxon», «Qiz Jibek», «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi», «Hasanxon», «Avazxon», «Avazning Farangga safari», «Nurali», «Xiromon» («Jahongir»), «Alpomish», «Yusuf bilan Ahmad», «Tulumbiy», «Qironxon», «Qumri», «Oshiq Gʻarib», «Vomiq bilan Uzro», «Varqa bilan Gulshoh», «Mahtumquli» kabi 30 ga yaqin dostonlarni, juda koʻp termalarni yod bilgan. Bulardan dastlabki 9 ta doston, «Oysuluv» dostonining mazmuni, koʻpgina anʼanaviy va zamonaviy termalar, oʻzidan avval oʻtgan baxshilar va dostonchilik sanʼati haqida maʼlumotlar Ergash Jumanbulbul Oʻgʻlining oʻzidan yozib olingan. Ergash Jumanbulbul Oʻgʻli xalq dostonlarining barcha janrlaridan namunalar bilgan. Dostonlarning gʻoyaviyligi, xalqchilligi, badiiy goʻzalligi uchun kurashgan.

Ergash Jumanbulbul Oʻgʻli anʼanaviy doston va termalarni kuylab kelish bilan birga oʻzi ham barakali shkod qilgan. Uning «Tarjimai hol» dostoni, «Keldim», «Toshkent taʼrifida», «Qizil», «Tursunoy», «Oxunboboyev», «Gʻozi Olim», «Otajon Hoshim», «Shoirlarga rahbar Hodi», «Eshon», «Asov qizlar», «Bir hafta xoʻp boʻdsi yogʻin» kabi termalari eʼtiborga molik.

Ergash Jumanbulbul Oʻgʻlining merosi keng ravishda oʻrganilmoqda: shoir haqida kitoblar nashr etildi, hujjatli film yaratildi. 1972-yil mayda shoir tugʻilgan kunning 100-yilligi keng nishonlandi. Nurota tumani markazida unga byust oʻrnatildi. Qoʻrgʻon qishlogʻida maqbarasi, haykali va uymuzeyi bor. Bundan tashqari, Samarqand shahrida Ergash Jumanbulbul Oʻgʻli, Islom shoir, Poʻlkan shoir va Fozil Yoʻldosh oʻgʻliga kompleks haykal oʻrnatilgan. Nurota tumanida bogʻ, Qoʻshrabot tumanida maktab, Toshkent va Samarqand shahrilarida koʻchalar shoir nomi bilan atalgan.

As: Bulbul taronalari, 1—5j. lar, T., 197173; Pesni Bulbulya, t. 13, T., 197477.

Ad.: Ergash shoir va uning dostonchilikdagi oʻrni, T., 1971.

Toʻra Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x