EREBUNI

EREBUNIUrartu davlatining shim. da podsho Argishti Menua oʻgʻli tomonidan qurilgan qalʼa (mil. av.782 yil). E. xarobalari Yerevan shahrining shim. chekkasidagi ArinBerd tepaligida aniqlangan. Muntazam qazishma ishlari 1950-yildan boshlangan. Mil. av. 8-asrda qalʼa Urartu podsholarining shim. ga yurishlari chogʻidagi yirik harbiymaʼmuriy markazi va qarorgohi boʻlgan. Qazishmalar natijasida qalin mudofaa devori, saroy, 2 ibodatxona va xoʻjalik xonalari chiqqan. Devor toshlarida va ustunlarning tagkursilarida Argishti va uning oʻgʻli Sardurining qurilishga doir 20 ga yaqin bitiklari aniqpangan. Saroy va ibodatxonalardan birida ajoyib naqshinkor (frizpiramon)lar, maʼbudlar tasviri, ov manzarasi va soliq yigʻish tasvirlari topilgan. Mil. av. 7-asrda qalʼa oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, uning xazinasidagi boyliklar yangi markaz — Teyshebainiga koʻchirilgan.

Erebuni dagi bunyodkorlik ishlari faqat podsho Rusa davrida (mil. av. 6-asr boshi) qayta boshlangan. Urartu davlati qulab, Teyshebaini vayron etilgach (mil. av. taxm. 585-yil), E. da hayot davom etgan. Axomaniylar davrida yangi inshootlar qurilgan. Mil. av. 5—4-asrlarga oid Milet tangalari, shuningdek, mahalliy hokimga tegishli ajoyib kumush ritonlar topilgan. Erebuni nomi Armaniston poytaxti — Yerevan shahri nomida saqlangan. 1968-yil Yerevanning 2750-yillik yubileyi munosabati bilan ArinBerdda keng koʻlamda taʼmirlash ishlari olib borilgan. Fatxulla Ergashev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x