ERAN — oʻzbek xalq dostonlarida hamda shomonlik folklorida doston qahramoniga, shomonga doimiy ravishda yordam beruvchi, ustozlik qiluvchi homiy kuch. «Eran» atamasi «Alpomish», «Goʻroʻgʻli» va boshqalar dostonlarda chiltonlar, Xizr va shahrik. azizavliyolarga nisbatan umumlashma nom sifatida qoʻllanadi. Odatda, Xizr barcha eranlarning yoʻlboshchisi deb qaraladi. Turli diniy manba va manoqiblarda ham «Eran» atamasi azizavliyo maʼnosida ishlatiladi. Eran oʻzbeklardan tashqari qozoq, turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon va Sibirdagi bir qator turkiy xalqlar folklorida ham faol obrazlardan hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые