DO`STLARGA ULASHING:
Ko‘p juftliklar munosabatlarida muammolarga duch kelishadi. Ba’zida ushbu muammolarni hal qilish uchun uchinchi shaxsning yordami yoki boshqa nuqtai nazar kerak bo‘ladi.
Er-xotin o‘rtasidagi ruhiy muammolarni kognitiv usulda, ya’ni fikr orqali yaxshilab borish mumkin. Kognitiv so‘zi lotin tilida bo‘lib, “fikrlash” degan ma’noni anglatadi. Bizning fikrimiz asosan bizning muvaffaqiyatimizni, baxtimizni va hatto qanday yashashimizni belgilaydi. Agar bizning fikrlashimiz o‘ta aniq bo‘lsa, biz o‘z maqsadlarimizga erishishimiz oson bo‘ladi. Agar bizning fikrlashimiz buzilgan, ramziy ma’nolar, irratsional mulohazalar va noto‘g‘ri talqinlar bilan ishlayotgan bo‘lsa, psixologik kar va ko‘r bo‘lib qolamiz. Bu vaqtda hatto nima qilayotganimizni yoki qaerga borayotganimizni bilmasligimiz bilan o‘zimizga ham, atrofimizga ham zarar yetkazamiz. Noto‘g‘ri xulosalar chiqarish va noto‘g‘ri muomala qilish orqali biz juftimizga ham, o‘zimizga ham zarar keltiramiz. Va bu hatto turmush o‘rtog‘imiz bilan o‘zaro qasos olishning asosiy sababiga ham aylanishi mumkin. Kundalik hayotimizda xato qilganimizni va uni tuzatish kerakligini anglashimiz zarur. Afsuski, hatto eng yaqin munosabatlarda ham- xatolarimizni aniq o‘ylash va tuzatish o‘rniga, turmush o‘rtog‘imizni noto‘g‘ri tushuna boshlaymiz va tuzatishga harakat qilmaymiz. Bundan tashqari, er-xotinlar bir-birlari bilan bir xil tilda gaplashamiz deb o‘ylashsa-da, ular nima deb o‘ylaganlari haqida ko‘pincha eshitganlaridan so‘ng farqlaydilar. Shu sababli, ko‘plab er-xotinlarning oddiyva juda kichik xafagarchiliklari katta muammolarni va umidsizliklarni keltirib chiqaradi.
Ko‘pincha qarashlarning mos emaslgi, istaklarning nomutanosibligi, misol uchun, uy uchun olinayotgan jihoz erga yoqsa xotinga yoqmaslgi, farzandini qanday bog‘chaga berish borasidagi arzimasdek tuyulgan ko‘p va takroriy tushunmovchiliklar natijasida o‘zaro g‘azablanish kelib chiqadi. G‘azab esa munosabatlar poydevorini yo‘q qiladi. Eng muhimi shundaki, bu tushunmovchiliklar chuqurlashib ketmasdan oldin tuzatish kerak.
psixolog Sarvinisso Kamolova tayyorladi
pmt.uz