DO`STLARGA ULASHING:
1. Er va xotin ajrashsa farzand kimda qoladi?
— O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida 75-moddasi 5- qismiga muvofiq: Ota-ona alohida yashaganda bolalarning qayerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanadi.
2. Voyaga yetmagan bolani ota-onasisiz uning qarindoshlari tomonidan chet elga olib chiqilishi mumkinmi?
— O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko’ra avvalo, buning uchun fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasporti kerak bo‘ladi.
3. Nikohdan ajrashayotgan er yoki xotinning qarzlari qay tartibda bo’linadi?
— O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 28-moddasiga ko’ra er va xotinning umumiy mol-mulkini bo’lishda er va xotinning umumiy qarzlari ularga belgilangan ulushlarga mutanosib ravishda har ikkalasi o’rtasida taqsimlanadi.