EPIR

EPIR — Shim. Gretsiyadagi qadimiy oʻlka. E. yunon qabilalarining eng qadimiy yurti, shu yerdan ular keyinchalik Bolqon ya. o. va Egey dengizi orollariga tarqalganlar degan fikrlar mavjud. qadimiyda Epirda qardosh illiriy qabilalar: xaonlar, molosslar, fesprotlar va boshqalar yashagan. Bu qabilalar ehtimol Epirning qadimiy yunon aholisini siqib chiqarishgan. Mil. av. 6—5-asrlarda xaonlar Epirda eng kuchli qabila hisoblangan. Keyinchalik ustunlik molosslarga oʻtgan, ularning shohlaridan biri — Pirr davrida (mil. av. 4-asr oxiri — 3-asr boshi) Epirning butun hududi yagona davlatga birlashgan (shundan keyin Epir aholisi epirotlar deb atalgan). Mil. av. 168 yil E. ni rimliklar bosib olib, 70 dan ortiq shaharni vayron qilishgan va 150 mingga yaqin epirotlarni qul qilib haydab ketishgan. Avgust davrida (mil. av. 27—mil. 14 yil) Epir hududi Rimning Axayya provinsiyasi tarkibiga kiritilgan. Imperator Trayan davrida E. Akarnaniya bilan birlashtirilib Epir provinsiyasini tashkil qilgan, 3-asr oxirida Illiriyaning bir qismi bilan bitta provinsiyaga birlashtirilgan. Mil. 4-asrdan — Vizantiya tarkibida (13—14-asrlarda Epir hududi Epir davlatiga kirgan), 15-asr oʻrtalaridan — Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻlgan. 1881-yil Epirning bir qismi (Arta r-ni) Gretsiyaga qoʻshib yuborilgan; 1912—13 yillardagi Bolqon urushlaridan soʻng Epirning butun hududi Gretsiya tarkibiga kirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x