EPIGONLIK

EPIGONLIK (yun. — keyin tugʻilgan) — badiiy adabiyot va sanʼatda yangilikka intilmaslik, anʼana shaklida paydo boʻlgan yoʻnalish, uslub, janr hamda usullarni koʻrkoʻrona takrorlash, koʻchirmachilik. Epigonlik sanʼat va adabiyot namunalarini oldingi mazmunmohiyat va estetik jozibadan ayirib, adabiyotni tinimsiz oʻsishoʻzgarish imkoniyatidan mahrum qiladi. Bor badiiy anʼanalarni rivojlantirishga urinmaslik, ularga oʻzgarishlar kiritishga intilmaslik, oʻz yoʻlidan yurishga botinmaslik orqali ijodni qolipga solish, nusxakashlik Epigonlikning asosiy belgilaridir.

Adabiy Epigonlik u yoki bu adabiy qarash, maktab yoxud yoʻnalish badiiy ijodga turtki berolmay, uning rivojiga toʻsiq boʻla boshlaganida kuchayadi. Badiiy didlar almashayotgan, estetik qarashlar yangilanayotgan davrda Epigonlik, ayniqsa, avj oladi. Epigonlik ichki va tashqi singari 2 koʻrinishda boʻladi. Tashqi Epigonlik biror adabiyotda mavjud hodisalardan nusxa olish, koʻchirish boʻlsa, ichki Epigonlik bir muallifning oʻzini oʻzi takrorlay boshlashidir. Badiiy adabiyotni ommaviylashtirish, uni hammabop qilishga urinish yoʻlidagi harakatlar Epigonlikning yoyilishiga sabab boʻladi. Epigonlik birov qilgan badiiy kashfiyotni oʻzlashtirib olganligi bilangina emas, balki oʻquvchilar estetik didini oʻtmaslashtirgani, ularda shaxslik xususiyatlarini yoʻqotib, «ommalik» belgilarini koʻpaytirgani bilan ham millat taraqqiyoti uchun xavflidir.

Qozoqboy Yoʻldoshev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x