EPIDOT

EPIDOT (frans. — oʻsmagan) — orolli silikatlar kenja sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy tarkibi Sa2[A1,Gʻye,Mp]3[8Yu4] [81207]0(ON). Monoklin singoniyada kristallanadi. Prizmatik, ignasimon shaklda boʻlib, donador, nursimon agregatlar hosil qiladi. Rangi pushtisimonzangori, baʼzan malla va pushti. Kattiqligi 6—7; Mineral tarkibida temir va marganes salmogʻining oshishi bilan zichligi 3,3 dan 3,5 g/sm3 gacha oshib boradi. Shishadek yaltiroq. E. Ohakli skarnlar uchun xos mineral hamda Sa ga boy past va oʻrtacha trali metamorfik jinslarda uchraydi. Epidotning hosil boʻlishi genetik jihatdan plagioklazlarning albitlanishi bilan bogʻliq. Sinonimi: alloxit, beustit, delfinit, orendalit, tallit, esherit va boshqalar Yasama tosh sifatida ishlatiladi. Epidot konlari juda koʻp mamlakatlarda boʻlib, shundan Janubiy Uraldagi Kusinsk konida uning kristallari 15 sm gacha yetadi. Oʻzbekistonda Epidot koʻp tarqalgan: Turangli, Langar, Oqtosh, Qoʻytosh, Qoʻrgʻoshinkon, Chodak konlarida koʻplab uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x