EPIDEMIOLOGIYA, MIKROBIOLOGIYA VA YUQUMLI KASALLIKLAR INSTITUTI

EPIDEMIOLOGIYA, MIKROBIOLOGIYA VA YUQUMLI KASALLIKLAR INSTITUTI, Oʻzbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti — Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish muassasasi, 1961 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. in-t respublikada yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish ishlarini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi. Intdagi ilmiy izlanishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ilm-fan va texnologiya markazi tomonidan tasdiqlangan 4 ta grant mavzusi asosida olib boriladi.

In-t tarkibida epidemiologiya, mikrobiologiya, klinik, oʻta xavfli yuqumli kasalliklar va boshqalar boʻlimlari, surunkali yuqumli jarayonni oʻrganish va protozoy kasalliklari lab. lari, ilmiy kutubxona, markaziy sterilizatsiya punkti, dorixona, vivariy va boshqalar bor. in-t oldida turgan asosiy vazifa yuqumli kasalliklarga qarshi kurash choratadbirlarini takomillashtirish, yuqumli kasalliklarning epidemiologiyasi, mikrobiologiyasi va klinikasiga oid ilmiy izlanishlar olib borish va shu sohaga oid yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, shuningdek, mahalliy sogʻliqni saklash xizmati tashkilotlariga amaliy hamda konsultativ xizmat koʻrsatishdan iborat.

In-tning 200 oʻrinli kasalxonasida reanimatsiya, qabul va 7 klinik boʻlim, bakteriologik, biokimyoviy, klinik diagnostika va ekspress diagnostika lab., shuningdek, fizioterapiya, stomatologiya, endoskopiya va rentgen xonalari hamda konsultativ poliklinika mavjud. Klinikada virusli gepatitlar, ichak infeksiyalari, brutsellyoz, gijja va parazitar kasalliklari, bezgak, tif, paratiflar bilan ogʻrigan bemorlar (kattalar va bolalar) davolanadi.

In-t faoliyati akad. I. Q. Musaboyev, A. O. Obidov, Z. K. Karimov, M. V. Nevskiy, S. S. Maxsumov, K. J. Jalilov, Sh. Sh. Shovahabov, M. Sharipov, M. J. Ahmedova, A. G. Valiyev, S. N. Boboxoʻjayev, N. Gʻ. Gʻulomov va boshqalar olimlar nomi bilan bogʻliq.

In-t xodimlaridan 9 kishi fan dri, prof., 18 nafari fan nomzodi. in-t ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar chop etadi. In-tda Toshkent tibbiyot akademiyasining yuqumli va tropik kasalliklar, Toshkent pediatriya tibbiyot intining epidemiologiya va yuqumli kasalliklar xamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish intining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x