EPIBLEMA

EPIBLEMA (yun. — qoplogʻich, qoplash) , rizoderma — ildizning bir qavat joylashgan hujayralardan iborat birlamchi soʻruvchi toʻqimasi. Oʻsadigan ildizda dermatogen hisobidan oʻsish konusi yaqinida hosil boʻladi. S. hujayralari (trixoblastlar) ildizning shimuvchi qismi yuzasini kengaytiradigan oʻsimtalar — ildiz tukchalarini hosil qiladi; oʻsimlikni tuproqda ushlab turadi; shuningdek, tuproqdagi moddalarga taʼsir qiladigan bir qancha organik kislotalar ajratadi. Epiblema ildizning moddalarni tuproqdan tanlab soʻrib oladigan dastlabki toʻsiq toʻqimasi hisoblanadi. Epiblema qisqa yashaydi; uning oʻrniga oʻsayotgan ildizda Epiblemaning yangi qismlari paydo boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x