EOL YOTQIZIQLARI

EOL YOTQIZIQLARI — dengiz, koʻl, daryo yotqiziqlari va gʻovak allyuvial yotqiziqlarni hamda qattiq togʻ jinslarining nurash mahsulotlarini shamol vositasida keltirilib yigʻilishidan hosil boʻladi. Eol yotqiziqlari turli dengiz, delta, allyuvial, prolyuvial, togʻ jinslari hamda qumli va flyuvioglyatsial yotqiziqlar hisobiga shakllanadi. Eol yotqiziqlari diagonaltoʻlqinli yoki ponasimonqiyshiq qatlamlilikka ega boʻlib, qalinligi bir necha m dan oʻnlab m ga yetadi. Ular, asosan, arid oblastlarda tarqalgan boʻlib, dengiz va koʻl sohillarida, daryo terrasalarida ham uchraydi. Baʼzan bir qancha foydali qazilmalarning sochmalari Eol yotqiziqlarida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x