Fikrni imkon qadar loʻnda ifodalash yozuvchining mahoratini koʻrsatadi. Atoqli fransuz yozuvchisi Viktor Hyugo eng qisqa xat muallifi sifatida ham eʼtirof etiladi. U “Xoʻrlanganlar” romani sotuvi qanday ketayotganini bilish niyatida kitob doʻkoni egasiga xat yozadi. Maktub birgina belgidan iborat edi:
“?”
Sotuvchi hamma narsani anglaydi va xuddi shunday loʻnda javob yozadi:
“!”
Roman, haqiqatan ham, juda tez sotiladi va yozuvchiga 400 ming frank qalamhaqi olib keladi.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 6-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/eng-qisqa-xat/