ENERGETIKA VA AVTOMATIKA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika instituti — energetika va avtomatikaga doir ilmiy tekshirish ishlari bilan shugʻullanadigan ilmiy muassasa. SSSR FA Oʻzbekiston filiali (OʻzFAN)ning energetika boʻlimi negizida 1941-yilda Energetika instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1956-yildan Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika inti, 1963-yildan Oʻzbekiston Energetika va avtomatika ilmiy tekshirish instituti deb atalgan, 1981-yildan hoz. nomda. In-tda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boriladi: issiqlik energetikasining fundamental muammolari, murakkab issiqlik va elektr energiyalari ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash; optimal boshqarish nazariyasi va yirik nasos st-yalarining sugʻorish tizimlarida elektr yuritmalarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish va rostlash texnologiyasi; issiqlik va elektr energiya manbalarida qayta tiklanadigan murakkab tadqiqotlar va texnologiyalar; sanoat korxonalarida elektrotejamkorlik texnologiyasi; elektrofizika va yuqori kuchlanishlar texnikasi, oʻta yuqori kuchlanishlardagi elektr uzatishda isroflarni kamaytirish, koʻp komponentli suyuqlarni tozalash; funksional elektronikaning ilmiy asoslarini yaratish; oʻlchash va hisoblash qurilmalarini tadqiq qilish.
In-tda 10 ta lab., respublikada yagona nodir obyekt «Yuqori kuchlanishlar va katta toklar markazi», zamonaviy kompyuterlar va dasturiy vositalar bilan jihozlangan va internetga tez ulanadigan «Energetikada informatsion texnologiyalar markazi» bor (2005). Intda energetika fani va amaliyoti uchun muhim ilmiy natijalarga erishildi. Elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratiddi, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyadaridan kichik quvvatlarni olish sxemalarini yaratish, respublikaning tabiiyiqlim sharoitlaridan samarali foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyot energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari t-rasi va kichik gidroelektr st-yalardan foydalanish boʻyicha keng qamrovli ilmiy tekshirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari, energetika korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash borasida muhim natijalarga erishildi. Yarimoʻtkazgichli elementlar asosida invertorlarning bir qancha sxemalari taklif etildi va boshqalar muhim ilmiy tekshirish ishlari bajarildi. In-tda energetika tizimlarining samaradorligini oshirish, quvvatni tejash, ekologik sof energetikaning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari samaradorligini oshirish, ularning energiya tizimidagi salmogʻini koʻpaytirish kabi masalalar intdagi istiqbolli masalalarhisoblanadi. Intfaoliyati R. A. Achimov, J. A. Abdumayev, G. A. Grinevich, R. A. Zohidov, A. S. Saidxoʻjayev, S. Z. Usmonov, N. M. Usmonxoʻjayev, H. F. Fozilov, M. 3. Homidxonov va boshqalar olimlar nomi bilan bogliq.