ENDOGAMIYA (yun. endo… va — nikoh) — bironta ijtimoiy guruh (qabila, urugʻ, tabaqa va boshqalar)ning oʻz ichidan uylanishini taqozo etuvchi odat. Ibtidoiy jamiyatda urugʻ ekzogam (q. Ekzogamiya), qabila esa endogam boʻlgan. Ibtidoiy jamoa munosabatlarining buzilish davrida bir qancha xalqlar (malagasiylar, bantu xalqlarining bir qismi, arablar, oʻzbeklar, tuareglar, Dogʻistonning ayrim xalqlari va boshqalar)da urugʻ yoki ichidagi guruhlarda endogam nikoh qaror topdi. Bundan maqsad yaqin qarindoshlar ichida molmulkni saqlash edi. Natijada nikoh akaukalarning bolalari oʻrtasida, amakivachchalar va ota yoki ona tomoniga mansub qarindoshlar oʻrtasida boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые