EMULSIYA

EMULSIYA [lot. — sogʻib olingan (sut)] — bir-biri bilan aralashmaydigan suyuq dispersion muhit va suyuq (baʼzan gaz) dispers fazadan iborat sistema. Oʻzaro Emulsiya hosil qiladigan 2 suyuqlik birbirida juda oz eruvchan boʻlishi lozim. Mas, Emulsiya hosil qiluvchi suyuqliklardan biri suv, ikkinchisi esa suvda oz eriydigan yoki butunlay erimaydigan boshqa bir suyuqlik (mas, yogʻ, benzol, xloroform va h. k.) boʻlishi mumkin. Suvda oz eriydigan suyuqlik shartli ravishda «moy» («yog») deb ataladi.

Suyuqliklarning qaysi biri dispers faza boʻlishiga qarab Emulsiya 2 turga boʻlinadi. Agar «moy» tomchilari suv ichiga tarqalgan boʻlsa (yaʼni «moy» dispers faza boʻlsa), bunday Emulsiya moyning suvdagi Emulsiyasi deyiladi, aksincha,suv tomchilari moy ichiga tarqalgan boʻlsa, bunday Emulsiya suvning moydagi Emulsiyasi deb ataladi.

Emulsiya jumlasiga suyuklik bilan gazdan tashkil topgan dispers sistema — koʻpikni ham kiritish mumkin, chunki koʻpiqda dispersion muhit gaz bilan suyuq holatlagi chegara sirt orqali birlashadi. 2 sof suyuqlikni bir-biri bilan aralashtirib, suyultirilgan (konsentratsiyasi 2% dan ortiq boʻlmagan) Emulsiya hosil qilish mumkin. Bunday Emulsiya bir oz vaqt oʻttanidan keyin undagi dispers faza tomchilari bir-biri bilan birlashishi tufayli 2 qavatga ajraladi.

Emulsiya tomchilarining bir-biri bilan birlashish hodisasi koalessensiya deb ataladi. Emulsiya olish uchun, birinchidan, Emulsiya tarkibiga kiruvchi suyuqliklarni yetarli darajada dispers holatga oʻtkazish va, ikkinchidan, hosil boʻlgan dispers sistemani barqarorlashtirish kerak. Buning uchun sistemaga suyuqliklarning sirt tarangligini kamaytiradigan, suyuqliklar chegarasida mustahkam parda hosil qilib, dispers faza tomchilarining bir-biri bilan birlashishiga yoʻl qoʻymaydigan 3-modda — emulgator kiritish kerak. Emulsiyaning xossalari ham, turi ham faqat 3 narsaga bogʻliq: I) dispers faza;

2) dispersion muhit va

3) emulgatorlar. Bu 3 modda orasidagi miqdoriy va sifat nisbatlarining oʻzgarishi Emulsiya xossalarini va uning turini tubdan oʻzgartiradi.

Emulsiya xossalari jihatidan 3 sinfga boʻlinadi: suyultirilgan Emulsiya lar; konsentrlangan Emulsiya lar; yuqori konsentratsiyali Emulsiya lar. Bir tipdagi Emulsiyaning ikkinchi tipdagi Emulsiyaga oʻtish hodisasi Emulsiya fazalarining almashinuvi deyiladi. Mexanik taʼsir natijasida ham Emulsiya fazalarini almashtirish mumkin. Mas, qaymoqni quvlab moy tayyorlashda moysuv tipidagi E. suvmoy tipidagi E. ga aylanadi.

Emulsiya texnika va biol. da, oziq-ovqat sanoati va boshqalarda katta ahamiyatga ega. Emulsiya lanish (E. ning yemirilish) jarayonlari sovun pishirish, neft tarkibidagi suvni yoʻqotish, neft solinadigan idishlarni tozalash, sariyogʻ va margarin ishlab chiqarish, tabiiy kauchukni qayta ishlash, kerakli suyuqlikdagi surkov moylari tayyorlash va boshqalarda keng qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x