ELEKTRONNURLI TRUBKA — elektr signallarini koʻrinadigan tasvirlarga va optik tasvirlarni elektr signallariga oʻzgartirib beradigan elektronnurli asbob. Elektr signallarini koʻrinadigan tasvirlarga aylantiruvchi Elektronnurli trubkalar jumlasiga ossillografik indikatorli Elektronnurli trubka, kineskop va boshqalar kiradi, optik tasvirlarni elektr signallariga aylantiruvchi Elektronnurli trubkalar jumlasiga, mas, uzatuvchi televizion trubkalar kiradi. Kirish signallari ham, chiqish signallari ham elektr signallari shaklida boʻladigan Elektronnurli trubkalar ham bor. Bunday trubkalar biron bir oʻzgartirishni, mas, matematik ishlovni, chastotalar spektri oʻzgarishini va boshqalar fizik jarayonlarni ifodalaydi. Elektronnurli trubka termini hozir eskirgan (q. Televizion trubka).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые