ELEKTROMAGNIT TOʻLQINLAR

ELEKTROMAGNIT TOʻLQINLARvaqt boʻyicha davriy oʻzgaradigan elektromagnit maydon (oʻzaro bogʻlangan Ye elektr va N magnit maydonlar)ning fazoda chekli tezlik bilan tarqalish jarayoni. Oʻzgaruvchi induksiya oqimi uyurma elektr maydonni, u esa, oʻz navbatida, uyurma magnit maydonni uygʻotadi. Tarqalayotgan elektromagnit maydon E. t. deyiladi. Elektromagnit toʻlqinlar Koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, vakuumda s=3105^ tezlik bilan tarqaladi.

Elektromagnit toʻlqinlar xossalariga u tarqalayotgan muhit sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Elektromagnit toʻlqinlar boshqa ixtiyoriy toʻlqinlar kabi sinishi, toʻla ichki qaytishi, dispersiya, interferensiya, difraksiya hodisalariga uchrashi mumkin. Elektromagnit toʻlqinlarning barcha xususiyatlari, ularning uygʻonish va tarqalish qonunlari Maksvell tenglamalari yordamida toʻla tavsiflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x