ELEKTROKARDIOGRAMMA (elektro., kardio… va gramma) (EKG) — yurak muskuli ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq. E. elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari (koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi. Hoz. zamon tibbiy texnika yutuqlari tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada boʻlsa ham tele yoki radiouzatkichlar yordamida EKGni yozib olish imkoniyatiga ega. Bunday usullar ogʻir jismoniy sinovlarda, sportchilar, kosmonavtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish imkoniyatini beradi.
Sogʻlom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yoshi va boshqalarga bogʻliq. Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketmaket qoʻzgʻalishini aks ettiruvchi tishchalar va intervallar (oraliqlar)ni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG tishchalarining oʻlchami, oraliqlari va yoʻnalishi, intervallar (segmentlar)ning davom etishi hamda joylagdishi anchagina oʻzgaradi. oʻzgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. EKG yurak kasalliklarini diagnostika qilishda boshqa usullardan samarliroq hisoblanadi.