ELEFANTINA — Nil daryosidagi orol (Asvon qarshisida) va undagi qadimiy qishloqning yunoncha nomi. E. Qad. Misrning jan. dagi viloyatlar bilan mol ayirboshlash savdosi (fil suyagi va boshqalar mahsulotlar) markazi va Nubiya bilan chegaradosh maʼmuriy okrug — nom (q. Nomlar) poytaxti boʻlgan. Orolda qadimiy podsholikdan Rim imperiyasining soʻnggi davriga oid tarixiy yodgorliklar aniqlangan. 18 va 19sulola firʼavnlari davrida Elefantinada maʼbud Xnum, maʼbudalar Satis, Anukis va boshqalar ibodatxonalar qurilgan, ularning xarobalari 19-asr boshiga qadar saqlangan. 1908 yil mumiyolangan muqaddas qoʻylarning tosh sarqofalardagi nekropoli ochilgan. Granitdan ishlangan Zafar arkasi (mil. av. 4-asr oxiri), Strabon tavsiflagan suv sathining koʻtarilishini oʻlchovchi nilometr, Misr iyeratik papiruslari (mil. av. 25-asr), mahalliy nomarxlar arxivi, oromiy papiruslari va Elefantinada joylashgan yahudiy harbiy manzilgohlar arxiviga doir sopol parchasiga yozilgan bitiklar (ostraka, mil. av. 6—5-asrlar) topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые