ELDEGIZIYLAR

ELDEGIZIYLAROzarbayjon va Shim. Irokda hukmronlik qilgan sulola (1136—1225). Asoschisi — Shamsiddin Eldegiz (1136—74). Shamsiddinning kelib chikishi (gʻulomqul)lardan boʻlib, keyinchalik saljuqiylardan Arslonshohning otabegi boʻlgan. 1136-yildan mustaqil hokimlik qila boshlagan. U parchalanib ketayotgan saljuqiylar davlatining boshqa hududlari hokimlari bilan kurash asnosida Ozarbayjonning jan. va shim. ning bir qismini hamda Eronning shim. gʻarbiy qismini oʻz hukmronligi ostiga birlashtirgan. Uning oʻgʻli Muhammad Jahon Pahlavon davrida (1174—86) davlatning poytaxti Hamadon shahri boʻlgan. Ozarbayjonni uning ukasi Qizil Arslon boshqarib, u saljuqiylar, Gruziya va Shirvon bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. Mamlakat ichkarisida u oʻz vakolatlarini oshirishni talab qilib chiqayotgan viloyat hokimlari bilan kurashib mana shu kurash jarayonida halok boʻlgan (1191). Eldegiziylar davlati moʻgʻullar istilosi davrida (1220—22) qattiq larzaga kelgan, soʻngra xorazmshoh Jaloliddin Manguberdning zarbalari ostida barham topgan (1225).

Ad.: Al i zade A. A., Sotsialnoekonomicheskaya i politicheskaya istoriya Azerbaydjana XIII-XIV vv., Baku, 1956.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x