ELAM TILI

ELAM TILI — qadimiy Elam davlatida va Eron togʻliklarining jan. qismida mil. av. 3—1-ming yilliklarda yashagan xalqning (oʻlik) tili. Dravid tillari bilan qarindoshligi aniqlangan. Elam tilining ilk yodgorliklari — ibodatxonalarning xoʻjalik hujjatlari — kdd. elam davriga (mil. av. 30—24-asrlar) mansub boʻlib, ilk elam rasmli (iyeroglifik) soʻzboʻgʻin yozuvida yozilgan (hali toʻliq oʻrganilmagan). Ushbu davr oxirlarida Elam tilida chiziqli boʻgʻinli elam yozuvi va akkad mixxati qoʻllana boshlagan (13-asrga mansub podsholik bitimlari). Oʻrta elam davrida yodgorliklarning matnlari mixxatda bitilgan (mil. av. 14—12alar). Yangi elam davriga podsholik yozishmalari, xoʻjalik hujjatlari mansub (mil. av. 8—6-asrlar). Urartu hududidan Elam tili dagi badiiy matn (mil. av. 8-asr) topilgan. Mil. av. 6 — 4-asrlarda Axomaniylar davlatining Eron hududida Elam tili rasmiy til hisoblangan. Ushbu tildagi koʻpdankoʻp yaxlit matnli yodgorliklar ayni shu davrga mansub. Biroq uning leksikasi, koʻplab kalkalari, sintaksisi, uslubi qadimiy fors tilining kuchli taʼsiriga uchragan edi. Elam tili ilk oʻrta asrlargacha saqlanib qolgan, degan taxminlar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x