ELAM

ELAM — Mesopotamiyadagi Furot va Dajla daryolarining quyi oʻzani sharqida, Eron yassi togʻligining jan. gʻarbiy qismida (Erondagi hoz. Huziston va Luriston viloyatlari) joylashgan qadimiy davlat (mil. av. 3-ming yillik — mil. av. 6-asr oʻrtasi). Shumer manbalari Elamni — «baland» ideogrammasi bilan, Akkad yozuvlarida — «Elamtu (m)» shaklida qayd etilgan. Bu atamalar mil. av. 3-ming yillikning 1-yarmidan maʼlum. «Elam» atamasi genetik jihatdan qadimiy yahudiycha nomi bilan bogʻliq. Elam manbalari oʻz mamlakatlarini — «Xatamti», qadimiy forslar — «Uvadja», arablar esa — «Hozi» (hoz. Huziston shundan) deb atashgan. Elamning eng yirik viloyatlari — Baraxshi, Simashki, Anshan (Anzan); shaharlari — Avan (ilk Elam hukmdorlari sulolasi shu yerdan chiqqan). Adamdun, Suza — E. poytaxti.

Shumer hujjatlarining guvohlik berishicha, mil. av. 3-ming yillikda Elam bilan Mesopotamiya shaharlari oʻrtasida savdo aloqalari mavjud boʻlgan. Elamdan yogʻoch, kumush, mis va boshqalar, Elamga arpa, moy keltirilgan. Hunarmandchilik turli sohalarda ixtisoslashgan (quruvchi, yogʻochni qayta ishlovchi, kulol, nonvoy va boshqalar).

Elam ilk quldorlik davlati boʻlgan. Ibodatxona va davlat xoʻjaliklarida, shuningdek, uy jamoalarida mil. av. 2-ming yillikdan boshlab qullar mehnatidan foydalanilgan. Shu davrga doir Elam hujjatlari jamoa tarixi boʻyicha muhim materiallarni beradi. Mil. av. 7-asr oʻrtalarida Ossuriya podshosi Lshshurbanipal Elamning bir qator shaharlarini vayron qilib Elamni Ossuriyaga boʻysundirgan. Biroq 7-asrning oxiriga kelib Ossuriyaning oʻzi barham topgan. Ichki siyosiy nizolardan tanazzulga yuz tutgan Elam boʻlsa, mil. av. 6-asrning 1-yarmida Midiya, soʻngra Axomaniylar tomonidan bosib olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x