EKZISTENSIALIZM (lot. — yashash, mavjudlik) , mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, 1-jahon urushidan keyin Germaniyada, 2-jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S. Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E. ning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy Ekzistensializm (K. Yaspers, G. Marsel, N. A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik Ekzistensializm (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. Ekzistensializm borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. Ekzistensializm oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hoz. kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katga taʼsir koʻrsatgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые