EKVATOR (lot. ayeyaia!og — teng boʻluvchi) , geografik ekvator, Yer ekvatori — 1) Yer yuzasida qutblardan teng uzoqliqdan oʻtkazilgan katta aylana chiziq; Yerning aylanish oʻqiga perpendikulyar boʻlgan va uning markazidan oʻtuvchi yassi yuza bilan yer yuzasining kesishgan chizigʻi. Ekvator uzunligi 40 075 696 m. E. Yer sharini ikkiga — Shim. va Janubiy yarim sharlarga boʻladi. Geografik kengliklar Ekvatordan qutblarga tomon hisoblanadi. Ekvatorda kecha va kunduz doimo teng boʻladi. Quyosh E. ustida har yili 2-marta — bahorgi teng kunlik va yozgi teng quk/shklarda zenitda boʻladi; 2)osmon ekvatori — osmon sferasi barcha nuqtalarining olam qutblaridan 90° da joylashgan katta doirasi. Osmon Ekvator tekisligi Yer E. tekisligiga parallel va kuzatish joyidan biror tomonda ufq tekisligiga 90° — (r burchak ostida qiya joylashgan, f — bu yerda joyning kengligi. Osmon Ekvator osmon sferasini Shim. va Janubiy yarim sharlarga ajratadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые