EKVADORLAR — xalq, Ekvadorning asosiy aholisi (6,6 mln. kishi). Umumiy soni 6,73 mln. kishi (1990ylar oʻrtalari). Ekvadorlarning asosiy qismini ispanindeys metislari va indeyslar (asosan, kechua), qolgan qismi oq tanlilar (Yevropadan koʻchib kelganlar), mulatlar, negrlar, sambolar tashkil etadi. Ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые