EKTOPARAZITLAR (ekto… va yun. — tekinxoʻr) , tashqi parazitlar — xoʻjayin hayvon yoki oʻsimlik tanasi, poyasi sirtida yashab, uning hisobiga oziqlanib yashovchi organizmlar. Mas, vilt kasalligini qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar, baʼzi hasharotlar oʻsimlik Ektoparazitlar dir. Odatda, parazitlar lichinkasi tashqi muhitning zararli taʼsiridan xoʻjayinorganizm qalqoni (kalta shokilador afitis — kaliforniya qalqondorining paraziti, tillarang afitis — jigarrang qalqondor paraziti), soxta pillasi (karam pashshasining katta yoshli lichinkasi tanasida parazitlik qiluvchi aleoxara qoʻngʻizi lichinkasi) bilan himoyalangan boʻladi, baʼzan xoʻjayinorganizmlar kavaklarda, jonivorlar inida, oʻralgan barglarda va boshqalar yopiq yerlarda, ular bilan birga esa Ektoparazitlar ham yashaydi. Ektoparazitlar xoʻjayinorganizmda yakkayakka yoki toʻptoʻp boʻlib rivojlanishi mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые