EKSSUDATIVKATARAL DIATEZ

EKSSUDATIVKATARAL DIATEZ — allergik holat. Asosan, yosh bolalarda uchraydi. Ekssudativkataral diatezga chalingan bolaning terisi va shilliq qavatlari turli taʼsirotlarga hamda kataralyalligʻlanish kasalliklariga moyil boʻlib qoladi. Bola organizmida moddalar almashinuvining buzilishi yoki baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari (mas, sut, tuxum, qulupnay, sitrus mevalar, asal, shokolad)ni koʻtara olmaslik Ekssudativkataral diatezga sabab boʻlishi mumkin. Ekssudativkataral diatezi bor bolaning terisi chaqaloqligidayoq oʻzgaradi; keyinroq, yaʼni bola ovqatga oʻrgatilganda terisidagi oʻzgarishlar yaqqol koʻrinadi; 3—5 yoshda ancha kamayadi. Dastlab bolaning tizza boʻgʻimlarida va qosh ravogʻida sargʻimtir, kepaklanib turadigan dogʻlar paydo boʻladi; bola toʻgʻri parvarish qilingan boʻlsa ham terisi suvchirab turadi; bola 1,5—2 oylik boʻlgach, yuzi qizarib, qasmoqlanadi; ogʻirroq hollarda qasmoq qoʻpayib, tuguntugun boʻlib qoladi. Ekssudativkataral diatez li bola oʻtkir respirator kasalliklar, tumov, angina, bronxit va boshqalar kasalliklarga tez chalinadi, ularda koʻz shilliq pardasining yalligʻlanishi (q. Konyunktivit), oʻrta quloq yalligʻlanishi (q. Otit) kuzatiladi, tez-tez ichi buzilib turadi. Bunday bolalar biror kasallik bilan ogʻrib tuzalganidan keyin anchagacha oʻziga kelolmay yuradi. Bola xomsemiz, rangpar boʻlib, qovoqlari shishadi, ishtahasi baland, baʼzi bolalarda bir oz pasayishi mumkin. Ularda infeksion kasalliklar bir qadar ogʻir kechadi.

Bolalar qichimasi (strofulyus), odatda, 2—3 yashar bolalarda uchraydi; tananing pastki qismi va oyoqlarga mayda tuguncha va toshmalar toshadi. Bunga koʻpincha shokolad, tuxum, sergoʻsht ovqatlar isteʼmol qilish sabab boʻladi.

Neyrodermit — bolalar ekzelvsining davomi boʻlib, odatda, 3 yashardan keyin uchraydi. Koʻproq Ekssudativkataral diatez kd. ga chalingan bolalarda kuzatiladi. Taqim, tirsak, bukiladigan joy va yirik burmalar sohasi quruqshab shoʻralaidi, terisi dagʻallashib qichishadi. Ekssudativkataral diatezni vrach dayulaydi. Oʻz bilgicha davo qilish dardni ulgʻaytirib yuborishi mumkin. Bolaga shokolad, tuxum, ikra, kakao va boshqalar kuchli ovqatlarni bermagan maʼqul. Terisi bichilishga moyil bolalarga vaqtvaqgi bilan vanna qilib turish (sodali va margansovkali) va bolalar kremi surtish tavsiya etiladi. Terisi yalligʻlanib, suvchirab turadigan bolalarga vannadan tashqari muolajalarni, xususan, dorilarni vrach maslahati bilan berish mumkin.

Ekssudativkataral diatezning oldini olishda homilador va emizikli ayollarning toʻgʻri ovqatlanishi, homiladorlik toksikozlarini vaqtida davolatishi ayniqsa muhim. Ekssudativkataral diatezga moyil bolalar ovqati oʻziga xos tuziladi (yana q. Goʻdak).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x